banner3
baner 2
banner1

Tilchining lutfi 30-son 2018-yil

Ba’zilar, tosh agar oynaga tegsa, uni sindirib, chil-chil qiladi, deydi. Rost. Lekin bunday qilish nodonlik. Nodonning ishi. Har bir ishni astalig-u ustalik bilan bajarish kerak.

«O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT» VIKTORINASI 30-son 2018-yil

YOZ – O‘TMOQDA SOZ! 30-son 2018-yil

Yozgi ta’til davrida bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Yunusobod tumanidagi 274-umumta’lim maktabida ham «Yulduzcha» nomli oromgoh tashkil etilgan. Har kuni shaxmat, shashka, futbol, stol tennisi singari sport to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib, unda Sanjar Jo‘rayev hamda Bunyod Mahamatov kabi fidoyi ustozlar bolajonlarga ushbu sport turla­rining sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqdalar.

MUZQAYMOQ ROHATIJON MI ?.. 30-son 2018-yil

Yozning jazira kunlari muzqaymoqni kim ham sevib iste’mol qilmaydi, deysiz?! Kattalar ham, uka-singillarimiz ham xush ko‘ruvchi bu mahsulot nima uchun barchaga birday yoqimli ekanini bilasizmi?

Orzular bolalik bilan birga tug‘iladi 30-son 2018-yil

Orzular bolalik bilan birga tug‘iladi. Shuning uchun ham ularning tafti yuragimizdan o‘chmaydi. Aksincha, vaqt o‘tgan sayin go‘zallashib, rang oladi. Komila Ergasheva endigina Qibray tuman tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 4-sinfni tugalladi.

USTOZ MARTABASI HAMMA DAVRDA YUQORI BO‘LGAN 30-son 2018-yil

Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar keng qamrovli bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchini o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berishdan ortiq yuklamalardan ozod etish, darsliklarning sifati nazoratini kuchaytirish va shu kabi muhim masalalardan iborat. 17-iyul kuni Prezidentimizning umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida qator muammolar ko‘tarildi.

SAHRODAN TARALGAN ZIYO 30-son 2018-yil

SAHRODAN TARALGAN ZIYO   30-son 2018-yil

Bugungi kunda Respublikamiz viloyatlarining chekka tumanlaridagi olis ovullarda ham yangi maktab binolarining qad ko‘tarib, aholiga xizmat qilishi, maktablarning yangi texnologiyalar bilan ta’minlanishi bizni nihoyatda quvontirmoqda.

Quyosh bizni qutlaydi shodon, Boshimizda musaffo osmon! 30-son 2018-yil

Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanidagi 15-Mehribonlik uyiga qarashli Bo‘stonliq tumani Sijjak qishlog‘ida joylashgan «Kamalak» bolalar oromgohida 63 nafar, «Yangi avlod» bolalar oromgohida 51 nafar tarbiyalanuvchilar maroqli dam olib, yoz mavsumini mazmunli o‘tkazmoqda.

MUSOBAQALARGA BOY KUN 29-son 2018-yil

– Hozirgina maktabimiz hovlisidan turli xil ho‘l mevalarni terish musobaqasini boshlab yubordik. Kim ko‘p mevalarni terib olsa, g‘oliblikni qo‘lga kiritadi, ham ularni mazza qilib iste’mol qiladi, – deydi quvongancha 1-mavsumdan buyon maktab oromgohiga qatnayotgan Kamronbek Odilov.

Avtobusda «UXlab» qolmang! 29-son 2018-yil

Avtobus bekatda to‘xtadi. Yoshi oltmishdan oshgan ayol qo‘lidagi og‘ir yuki bilan amallab avtobusga chiqdi. Uning ketidan chiqqan nuroniy otaxon ham bu gal manziliga tik oyoqda boradigan ko‘rinadi. Chunki o‘rindiqlarni egallagan yoshlarning biri ataylab ko‘zini yumib olgan bo‘lsa, ba’zilari qulog‘iga quloqchin taqib, go‘yo bu olamni unutgandek edi. Bunday holatni kuzatar ekansiz, vijdoni ham mudroq tengdoshla­rimizga bir so‘z degingiz keladi. Men ularga aytmoqchi bo‘lganimni qog‘ozga tushirishni o‘ylab yurganimda, bir kuni qo‘shni buvi ham hasrat qildi.

GULPARSHIN YAPONIYAGA BORDI 29-son 2018-yil

Bolajonlar, agar yodingizda bo‘lsa, o‘tgan sonlarimizda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarning yutuqlari haqida xabar bergan edik. Kuni kecha ushbu maktab-internatidan yana yangi mujda keldi.

O‘RIKLISOY ILHOMLARI 29-son 2018-yil

Zominda bo‘lib o‘tgan respublika yosh ijodkorlarining navbatdagi an’anaviy seminari ko‘plab iste’dodlarni kashf etdi, desak, yanglishmaymiz. Nazm, nasr, bolalar adabiyoti, adabiy tanqid va tarjima yo‘nalishlari bo‘yicha ijod maydonida o‘zlarini sinab ko‘rgan yoshlarni unisi «zo‘r», bunisi «kuchli» demoqchi emasmiz. Chunki ular orasida zo‘rlar ham, kuchlilar ham ko‘p edi. Seminarda ijod va iste’dod g‘alaba qildi.

XALQARO MATEMATIKA MUSOBAQASIDAN 5 TA MEDAL 29-son 2018-yil

Mazkur musobaqada dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan kelgan 600 nafardan ortiq ishtirokchilar qatori o‘zbekistonlik o‘quvchilarga ham beshinchi bor nasib etgan bu sharaf va ishonchni tengdoshlaringiz munosib tarzda oqlashdi. Bolgariyaning Burgas shahrida bo‘lib o‘tgan bu yilgi musobaqada yosh matematiklarimiz ilk marotaba umumjamoa hisobida eng ko‘p medalni qo‘lga kiritishdi.

– Men Xorazm bulbuli Komiljon Otaniyozovning izdoshi bo‘laman, deydi Kamronbek Onarov. 28-son 2018-yil

– Men Xorazm bulbuli Komiljon Otaniyozovning izdoshi bo‘laman,  deydi Kamronbek Onarov.   28-son 2018-yil

– Men poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 74-umumta’lim maktabida tahsil olish bilan birga, 27-Bolalar musiqa va san’at maktabiga ham qatnayman. Musiqa maktabida avvalo, rubob chalishni o‘rgandim. Keyin ustozim To‘rabek Shomurodov taklifiga ko‘ra, tor chalishdan saboq ola boshladim. Bir yilda «Andijon polkasi», «Bahor valsi», «Munojot», «Lazgi», «Mustahzod», «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Go‘ro‘g‘li», «Tohir va Zuhra» singari dostonlarni kuylashni o‘rgandim. O‘tgan yili Komiljon Otaniyozovning 100 yillik yubileyiga to‘yona sifatida «San’at quyoshi» qo‘shig‘ini tayyorlab, ijro etdim.

«YOSHLIK»DA KECHGAN TA’TIL 28-son 2018-yil

O'YINCHOQLAR FABRIKASIDA 28-son 2018-yil

O'YINCHOQLAR FABRIKASIDA   28-son 2018-yil

Bolaligingizda sevib o‘ynagan o‘yinchoq­laringiz qayerda va qanday ishlab chiqarilgani haqida bilishni istaysizmi? Bu mo‘jizalar olami qayerda ekan-a? Bugun barcha savollaringizga javob topish maqsadida Toshkent o‘yinchoqlar fabrikasi tomon yo‘l oldik.

ASLIDDIN I DARAJALI DIPLOM OLDI 28-son 2018-yil

2017-yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida fizika-matematika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadada Asliddin 3-o‘rinni egalladi. Joriy yil bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasida esa tumanda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan innovatsion olimpiadaning respublika bosqichida fizika fanidan ishtirok etib, I da­rajali diplom bilan taqdirlandi.

SIRDOSHINGIZ KIM? 28-son 2018-yil

Har bir insonning o‘z siri bo‘ladi. Sir saqlashlik esa dur-u javohirlar to‘la xazinani qo‘riqlashday mas’uliyat talab etadi. Ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino o‘z asarlaridan birida «Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir, agar oshkor bo‘lsa, sen sirning asiri bo‘lib qolasan», deya aytib o‘tgan edi. Ushbu so‘zlar orqali inson o‘z sirini o‘zgalarga aytmasligi, birovlar bilgani esa sir emasligini anglash mumkin.

BEHZODNING IZDOSHI 28-son 2018-yil

Dunyo tasviriy san’ati tarixida musavvirlar sarvari, Sharq Rafaeli nomlari bilan shuhrat qozongan Kamoliddin Beh­zod Xuroson-u Movarounnahrda miniatyura janrini mavzu, obrazlar tizimi, g‘oyaviy yo‘nalishi, badiiy qudrati jihatidan yangi taraqqiyot cho‘qqisiga olib chiqqan chehrakushodir.

Baxtli kelajakni sog‘lom va barkamol avlodgina qura oladi... 28-son 2018-yil

Yurtboshimiz o‘z nutqida hozirda yoshlar bilan ishlashda hamon kamchiliklar kuzatilayotgani, Yoshlar ittifoqi yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlashga, ularning muammolarini hal etishga yetarlicha e’tibor bermayotganligi, mazkur tashkilot o‘tkazayotgan tadbirlar dabdababozlikka aylanib qolayotganini ta’kidladi.