banner3
baner 2
banner1

HUSNIDDINDAN O‘RNAK OLING 22-son 2018-yil

Mamlakatimizda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchi-yoshlarga ham tengdoshlari qatori erkin bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

O‘ZBEK FUTBOLCHILARI – JAHON CHEMPIONI 21-son 2018-yil

Rossiyaning Moskva shahri mezbonligida o‘tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon chempionati nihoyasiga yetdi. Quvonarlisi, 14-17 yoshlilar o‘rtasida tashkillashtirilgan nufuzli musobaqada yosh charmto‘p ustalarimiz ko‘tarinki ruhda ishtirok etib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bilimdon yoshlar 20-son 2018-yil

Bilimdon yoshlar 20-son 2018-yil

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «O‘zbekiston» she’ridagi ushbu misralarni har gal o‘qiganimizda, Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, al-Farg‘oniy kabi buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosi ko‘z oldimizda gavdalanadi. Bu ulug‘ zotlarning dunyo ilm-fan tamadduniga qo‘shgan munosib hissasi qalblarga iftixor tuyg‘ularini jo etadi.

Otam yonimda bo‘lmasa-da, o‘gitlari hamisha yodimda 19-son 2018-yil

Otam yonimda bo‘lmasa-da, o‘gitlari hamisha yodimda  19-son 2018-yil

– Maktabimiz harbiylashtirilgani bois ustozlarimiz davomat va dars vaqtida ism-sharifimizni to‘liq aytishadi. Menga esa Isroilov Iskandar Ilyos o‘g‘li deb murojaat qilishganida, doim otamni eslayman. Bugun yonimda da­dam bo‘lmasalar-da, ularning o‘gitlari, maslahatlari qulog‘im ostida jaranglayveradi...

MEHRGA QO‘YILGAN HAYKAL 19-son 2018-yil

MEHRGA QO‘YILGAN HAYKAL  19-son 2018-yil

Mening do‘stim – aziz gazetxon! Siz Mehrga qo‘yilgan haykal haqida eshitganmisiz? Mehr – avlodlarni, yuraklarni bir-biriga bog‘lovchi rishta. U bor joyda xotirjamlik barqaror bo‘ladi. Qiyinchiliklarni yengib o‘tish osonlashadi.

Misralari yangrab turardi... 18-son 2018-yil

Bugungidek esimda, biz – bir guruh ijodkorlar shohsupali istirohat bog‘ida har yakshanba kunlari uchrashib, hangomalashib turardik. Unda Nasriddin Afandidan tortib, o‘zimizning barhayot hazilkashlargacha tilga olinar, kulgilar bog‘ bo‘ylab taralar, o‘z-o‘zidan yangi latifalar ham tug‘ilaverardi. Buni boshlab beruvchilardan biri Safar Barnoyev edi, albatta.

Elning otashqalb shoiri edi 18-son 2018-yil

O‘zining sodda, ammo mohiyatan chuqur ma’noli she’rlari bilan xalqimiz yuragidan munosib joy egallagan qalbi daryo ijodkorlardan biri bu Muhammad Yusufdir.

KITOBNI SEVAR EDI 15-son 2018-yil

Sohibqiron Amir Temur kitobni insoniyatga berilgan buyuk ne’matlardan biri, deb bilar va ilm ahlini, kitob o‘qigan odamni juda e’zozlar edi. Olimlar bilan esa taxtdan tushib, uzoq va ko‘p suhbat qurar edi.

SERQIRRA IJOD SOHIBI 7-son 2018-yil

O‘tmishda yashagan aksariyat turkiy shoh, amir, xon va shahzodalar badiiy, ilmiy ijod sohiblari, hech bo‘lmasa, ma’naviyat homiylari bo‘lishgan.

KAMOL ET KASBKIM... 6-son 2018-yil

Nemis olimi Gyote asarlari to‘liq to‘plamining eng mashhur tadqiqotchisi Alfred Kurella Navoiy ijodiga yuksak baho berib, shunday iliq so‘zlarni aytgan: «Ulug‘ Navoiyning dostonlari ruboiy va epigrammalarida tarannum topgan ozod ruhdan Gyote ilhomlangan va kerak bo‘lsa, butun shodligini baxshida etgan bo‘lur edi».

DUNYO TAN OLGAN ALLOMA 6-son 2018-yil

Ulug‘ mutafakkirning betakror iste’dodi, vaqti kelib, jahonga tanilgan shoirga aylanishi bolaligidanoq ayon bo‘lgan. Chunonchi, kichik Alisher olim-u fuzalolar davrasida o‘tirib, ularning suhbatini tinglagan.

YAXSHILIK FARZANDI 5-son 2018-yil

YAXSHILIK FARZANDI 5-son 2018-yil

Yaxshi odamni hech qachon qo‘l bilan ko‘rsatib bo‘lmaydi. Balki yaxshini ko‘rganda yoki u bilan yuzma-yuz kelganda, qo‘llar ko‘ksimizda kutib olinadi. Uni hayotda qilib kelayotgan yaxshiliklari, mehribonligi, yaxshi amallari tufayli ko‘pchilik biladi, hurmat qiladi, e’zozlaydi va bunday odamdan o‘rnak olishga intiladi.

BUYUKLAR PESHVOSI 1-son 2018-yil

O‘rta asrlarda ko‘hna mashriqzamindan yetishib chiqqan, dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan allomalardan biri Ahmad Farg‘oniydir. Bo‘lajak qomusiy bilim sohibi Abulabbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al Farg‘oniy taxminan 788-yili tug‘ilgan.

DUNYO AHLI SEVGAN BUYUK SHAXS 35-son 2017-yil

DUNYO AHLI SEVGAN BUYUK SHAXS 35-son 2017-yil

26 yil. Tarix nazdida kiprik qoqguday vaqt. Ammo Vatanimiz uchun bu yillar ulkan rivoj­lanish, yangilanish va yasharish davri bo‘ldi.

TARIXGA AYLANGAN QISMATLAR 35-son 2017-yil

TARIXGA AYLANGAN QISMATLAR 35-son 2017-yil

Istiqlol va Ozodlik... Bu so‘zlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Chunki mustaqillik tufayli ko‘plab ota-bobolarimizning pok nomlari oqlandi. Qatag‘on yillarida «xalq dushmani» degan tamg‘a bosilgan qator ma’rifatparvar insonlar, hurlik, ozodlik sari dadil qadam bosgan ajdodlarimizning qoldirgan merosi qayta tiklandi.

MUNIRANING QO‘LIDA OFTOBI BOR 33-son 2017-yil

Bugungi kunda yurtimizda kitobxonlik­ni keng targ‘ib qilish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning joriy yil boshidagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqa­tish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi Farmoyishi bu borada muhim omil bo‘lmoqda.

ISTE’DODLI YOSHLAR YURT NOMINI SHARAFLAYDI 31-son 2017-yil

ISTE’DODLI YOSHLAR YURT NOMINI SHARAFLAYDI 31-son 2017-yil

– Ilm yuksak marralarni zabt etish, baxt-iqbolga eri­shishning kalitidir. Bu od­diy haqiqatni har bir tengdoshim, uka-singilla­rim chuqur ang­lab, ko‘plab yutuqlarga erishish­larini istayman, – deydi Toshkent pedia­triya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod 1-akademik litseyi bitiruvchisi Asilbek Muhsimov.

OLTIN MEDAL MUSTAQILLIGIMIZNING 26 YILLIGIGA MUNOSIB SOVG‘A BO‘LDI 32-son

OLTIN MEDAL MUSTAQILLIGIMIZNING 26 YILLIGIGA MUNOSIB SOVG‘A BO‘LDI 32-son

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti... Barchaning yuzida tabassum, qalbida hayajon. Atrofda esa doira­ning sho‘x sadosi yangramoqda. Yig‘ilgan ota-onalar, ustoz-murabbiylar, OAV xodimlari Hindistonning Lakxnau shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika musobaqasida g‘oliblikka erish­gan iqtidorli o‘quvchilarni kutishmoqda.

TOG‘INGIZ ULG‘AYSIN, OG‘AJON! 27-son 2017-yil

Tog‘lardan so‘z ochganda, ko‘nglim o‘sayotganini his qilaman. Bolaligim tog‘lar bag‘rida kechgani uchun ham yuqorilagim kelaveradi. Haqiqiy hayot, tog‘lar quchog‘ida yastanib yotganiga ko‘p bora guvoh bo‘lganman.

BAHOR KELDI SIZNI SO‘ROQLAB... 9-son 2017

Kumush qish o‘z o‘rnini ko‘klamga bo‘shatishni istamayotgandek ayozli, qorli-qirovli kunlari bilan sabrimizni sina­yotgan bo‘lsa-da, ko‘ngli­miz yorishib, qalbimizda iliq, huzurbaxsh tuyg‘u­lar uyg‘onayotir. Boisi, dov-daraxtlar novdalarida quvonchimiz surati akslanadigan, jilg‘alarda shirin tuyg‘ularimiz to‘lqini mavjlanadigan, to‘p-to‘p bulutlar o‘z oshyoniga oshiqqan qushlar bilan dillashadigan haroratli damlar – BAHOR yaqin!