banner3
baner 2
banner1

MAKTABNI BIR YARIM YILDA TAMOMLAGAN BOLAKAY 28-yil 2018-yil

Deyarli har kuni dunyodagi tengdoshlaringiz hayotiga doir turli yangiliklar haqida eshitasiz. Belgiyada o‘rta maktabni 1,5 yilda tamomlagan sakkiz yoshli bola haqida o‘qib, kim ham «Ofarin» aytmaydi, deysiz!

DUNYO MUZEYLARIGA SAYOHAT 21-son 2018-yil

DUNYO MUZEYLARIGA SAYOHAT 21-son 2018-yil

DUNYO MUZEYLARIGA SAYOHAT Har yili 18-may butun dunyoda xalqaro muzeylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bilsangiz, ayni paytda mamlakatimizda 100 dan ortiq muzey faoliyat yuritmoqda. Ushbu maskanlar yurtimiz tarixi, madaniyatini avloddan avlodga yetkazib beruvchi asosiy vosita hi­soblanadi. Keling, bugun sizlar bilan dunyo muzeylariga sayohat qilamiz. Dunyodagi eng katta san’at muzeylaridan biri 1190-yili Qirol Filipp Avgust tomonidan Parijda qurilgan. Yillar o‘tib, ushbu qasr tomosha qilish uchun ommaga havola qilingan. Ko‘rgazmalar maydoni 60600 kv.mni tashkil etadi. Sayyohlarga muzeyda sayohat qi­lish qulay bo‘lishi uchun 400 mingta eksponat alohida – qo‘l mehnati, haykaltaroshlik va grafika bo‘limlariga joylashtirilgan. Ushbu muzeyni bir hafta tomosha qilsangiz ham vaqtingiz yetmaydi. Dunyodagi eng katta muzeylardan yana biri Vatikanda joylashgan. Unda 1400 ta zal, 50000 ta ko‘rgazma ashyolari mavjud. Barcha eks­ponatlarni tomosha qilish uchun 7 km masofani bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Los Anjelesga kelgan har bir mehmon ushbu muzeyga, albatta, tashrif buyuradi. Chunki bu muzey AQSHdagi eng ajo­yib maskanlardan biri. U yerda sharsharaning yoqimli ovozi ostida Yevropa fotosuratchi va rassomlari tomonidan ishlangan suratlarni tomosha qilish mumkin. Internet manbalari asosida Nigora ABDUNAZAROVA tayyorladi

«ENERGETIK KOKTEYL» quvvat bag‘ishlaydimi? 19-son 2018-yil

«ENERGETIK KOKTEYL»  quvvat bag‘ishlaydimi?  19-son 2018-yil

Bugun do‘kon peshtaxtalarini bezab turgan quvvat oshiruvchi kokteyllar ko‘pchilikning mehrini qozongani rost. Ammo bu ichimlik chindan ham inson organizmiga reklamalarda aytilayotgandek foydalimi? Bu gal sizlar bilan ana shu mavzuda suhbatlashamiz. Avvalo, ushbu ichimlik haqida qisqacha ma’lumot bersak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Vaksinaning foydasini bilasizmi? 19-son 2018-yil

Vaksinaning foydasini bilasizmi? 19-son 2018-yil

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, immunizatsiya (organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyati) tufayli har yili dunyo bo‘ylab ikki-uch million kishining hayoti saqlab qolinadi.

HALI BUNAQASI BO‘LMAGAN, 15-son 2018-yil

HALI BUNAQASI BO‘LMAGAN, 15-son 2018-yil

Gap shundaki, ijodiyot markazi to‘garagi a’zolarining bir guruhi 31-mart kuni Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi so‘lim So‘qoq qishlog‘ida mega varrakni osmon-u falakka uchirdi. Bo‘yi 3 metr-u 10 santimetr, eni 2 metr-u 75 santimetrga teng bo‘lgan,Respublika BABMning logotipi tushirilgan varrak oz emas, ko‘p emas, 200 metr balandlikka ko‘tarildi.

BU NIMADAN YASALGAN? 4-son 2018-yil

BU NIMADAN YASALGAN? 4-son 2018-yil

Salom, hamma narsaga qiziquvchan, sersavol bolajonlar! Gazetamizda yangi tashkil qilingan «Bu nimadan yasalgan?» rukni orqali buyumlarning qanday yasalishi haqida ma’lumotlar berib boramiz. Buning uchun o‘zingizni qiziqtirayotgan narsalar haqida bizga maktub yo‘llasangiz bas, barcha savollaringizga javob topishga harakat qilamiz.

DUNYODAGI ENG KATTA AKVARIUMLAR 33-son 2017-yil

DUNYODAGI ENG KATTA AKVARIUMLAR 33-son 2017-yil

Bilasizmi, dunyodagi eng katta akvariumlardan biri BAAdagi osmono‘par bino – «Burj Xalifa» yonida joylashgan. Uni to‘ldirish uchun 45,5 mln litr suv kerak bo‘ladi. Umumiy yo‘lagi 50 metr, balandligi esa 11 metrni tashkil etadi. Devorlari shishali oynalar bilan qoplangan. Akvarium ichidagi ko‘lda qayiq yordamida sayr qilishingiz, baliqlarni o‘z qo‘lingiz bilan ovqatlan­tirishingiz, hattoki suv tubiga shong‘ib, akvomarin (yashil, havo rang qimmatbaho tosh)ni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Dunyodagi eng baland slindr shaklidagi akvarium Moskvadagi «Avia Park» bog‘ining markaziga qurilgan. Akvarium 370 000 litr suv sig‘imiga ega bo‘lib, unda 2 500 baliq turi mavjud. Tashqi balandligi 23 metr, diametri esa 6 metrni tashkil etadi. Shuningdek, dengiz jonivorlarini yaqindan tomosha qilish imkonini beruvchi «SEA Aquarium» Singapurning Sentos orolida joylashgan bo‘lib, 54,6 million litr suv sig‘imiga ega. Uning ichida yuz mingga yaqin dengiz jonzotlari yasha­moqda. Akvariumda janubiy-sharqiy Osiyo, Fors ko‘rfazi va boshqa joylardan keltirilgan 800 xildagi mavjudot bor. Ushbu akvariumning o‘ziga jalb etadigan tomoni bu uning hashamatli, ulkan shishali devoridir. Kengligi 35,4 metr, balandligi esa 8 metrdan ziyod bo‘lib, unda bolalar uchun maxsus interfaol dasturlar bor. Bu dasturlar yordamida ular dengiz jonivorlari haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Internet manbalari asosida Nigora ABDUNAZAROVA tayyorladi.

BOLALAR KITOB YOZISHDI 29-son 2017-yil

Toshkent shahridagi 112- va Urganch shahridagi 19-umumta’lim maktablarining bir guruh o‘quvchilari katta bir romanning butun bir bobini nemis tilida yozib chi­qishdi! Ishonmayapsizmi? Lekin bu ayni haqiqat! Toshkent Gyote ins­titutida «Maktablar: kelajak hamkorlari» xalqaro loyihasida faoliyat yuritayotgan yuqoridagi ikki maktabning 20 nafar o‘quvchisi germaniyalik o‘qituvchi ko‘magida jahon bo‘ylab yozilayotgan «Federsammler» – «Par yig‘uvchilar» romani bosh qahramoni Fietje va ­uning sehrli to‘tiqushini O‘zbekistonda boshdan kechirgan voqealarini hikoya qilishdi.

«MAUGLI»NI KIM YOZGAN? 41-son 2016

«MAUGLI»NI KIM YOZGAN? 41-son 2016

Sarlavhani o‘qib, qiziqib qoldingiz, shundaymi? Aziz o‘quvchilar, ushbu asar asosida yaratilgan badiiy film va multfilmlarni miriqib tomosha qilishingizga shak-shubha yo‘q. Bugun sizlarga uning muallifi haqida batafsil ma’lumot beramiz.

BU QIZIQ 33-son 2016

* Bir yil 31 536 000 daqiqadan iborat. * Inson barmoqlari butun hayoti davomida taxminan 25 million marta bukiladi. * Dengiz chig‘anog‘ini qulog‘ingizga tutganda, okean shovqinini eslatuvchi tovush aslida, vujudingizda aylanib oqayotgan qon tomirlarning harakatidir. * Bir milliard soniya taxminan 37 yilga teng. * Inson o‘ziga yoqqan manzara yo holatni ko‘rganda ko‘z qorachiqlari beixtiyor 45 foizga kattalashar ekan.

DUNYO KUTUBXONALARI 22-son 2016

DUNYO KUTUBXONALARI 22-son 2016

Nyu-York shahrining «50th street» metro bekatida yo‘lovchilar uchun kutubxona ochilgan. Kitob­xonlar ushbu yer osti kutubxonasidan ishga yoki uyga ketayotganda o‘zlariga yoqadigan kitoblarni topishi mumkin.

MATEMATIKA FANIDAN TEST 20-son 2016

1. Surati maxrajidan katta kasr qanday nomlanadi? A) to‘g‘ri kasr; B) aralash kasr; D) o‘nli kasr; E) noto‘g‘ri kasr.

MOZIYDAN SO‘ZLOVCHI MASKANLAR 20-son 2016

MOZIYDAN SO‘ZLOVCHI MASKANLAR 20-son 2016

Har yili 18-may sanasi Xalqaro muzeylar kuni sifatida nishonlanadi. Yer yuzida turli xil muzeylar bo‘lib, ular insonlarga tarixiy manbalar hamda eksponatlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Muzeylar kuni arafasida sizlarni dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan ana shunday maskanlar bilan tanishtirishni maqsad qildik.

TASODIF YORDAM BERDI 9-son 2016

Siz yomg‘ir o‘tkaz¬maydigan plashlarni bilasiz yoki ular haqida eshitgansiz. Bir vaqtlar ularni kiyish bizda ham rusum bo‘lgandi. Ayrimlar uni «balonli plash» ham deyishardi. Lekin plashbop mato kim tomonidan qanday qilib ixtiro qilin¬ganidan xabaringiz bormi? Amerkalik tadqiqotchi Ch. Mak-Intosh 1882-yilda tabiiy kauchuk ustida tajriba olib borayotganda kiyib olgan syurtyugining (erkaklarning uzun belburma kamzuli) bir chetini tasodifan kauchukli eritmaga tegib turganini payqab qoladi. Keyin uni tozalash paytida xuddi o‘sha joyi suv o‘tkazmaydigan bo‘lib qolganini sezadi. Oradan bir yil o‘tgach, u matoning ikki bo‘lagini kauchuk yordamida biriktirish usulini topadi. Keyin bu ixtirosi natijasida yomg‘irda kiyiladigan suv o‘tkazmaydigan plashlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi va bu ishni ommalashtiradi. Shuning uchun bu plashlar xalq orasida gohida «makintosh» deb ham ataladi. Shahlo DAMINOVA

PIFAGOR – matematikmi yoki musiqashunos? 9-son 2016

PIFAGOR –  matematikmi yoki musiqashunos? 9-son 2016

Aziz o‘quvchi, sizga matematika fanidan ma’lum bo‘lgan Pifagor teoremasi aslida u yaratgan maktab bilan bog‘liq ekanini bilasizmi? Alloma eramizdan avvalgi VI–V asrlarda yashab o‘tgan mashhur matematik olim bo‘lib, u hamma narsaning asosini sonlar tashkil qiladi, deb hisoblagan. Pifagor ta’limotiga ko‘ra, olamni bilish – sonni bilishdan iborat bo‘lib, unda sonlarni moddiyatdan ajratib, mustaqil kuchga ega degan g‘oya ilgari suriladi. Olimning matematika, geometriya, musiqa, me’morchilik, haykaltaroshlik kabi sohalar rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos. Shuningdek, Pifagor o‘z ilmiy izlanishlari davomida musiqa xususida ham to‘xtalib, mumtoz kuylar yordamida tushkunlikka tushish va boshqa ruhiy kasalliklarni tuzatish mumkinligini isbotlagan. Munojat BAHROMOVA, Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchisi

Bilasizmi?! 5-son 2016

Bilasizmi?! 5-son 2016

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, ayni damda Sankt-Peterburgning Saltikov-Shedrin nomidagi kutubxonasida saqlanayotgan fasohat mulkining sultoni Alisher Navoiyning ilk she’riy to‘plami bundan besh asr ilgari allomaning shaxsiy kutubxonasida saqlab kelingan. Oltin suvi bilan ipak qog‘ozda bitilgan, har bir sahifasi naqshlar bilan bezab chiqilgan ushbu noyob durdona Sharqning mashhur xattoti Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilganini har kim ham bilavermasa kerak?! Barcha sevib mutolaa qiladigan «Robinzon Kruzo» asari gazetada parchalar berib borish shaklida nashr qilingan birinchi asar hisoblanadi. Asar 1719-yilning oktyabridan boshlab, 1720-yilning oktyabriga qadar, ya’ni bir yil davomida chop etilib turgan. Zarifa JUMANOVA, Toshkent tijorat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

IXTIROLAR TARIXIDAN 4-son 2016

IXTIROLAR TARIXIDAN 4-son 2016

Darvoqe, ixtirolar qanday yaratiladi? Bir qaraganda, bu savol g‘alatiroq tuyuladi. Axir ixtirolar ilmiy tajribalarda olimlar tomo¬nidan igna bilan quduq qaziganday, yillab qilingan tinimsiz mehnat mahsuli-ku, dersiz?! Ammo tarixdan ma’lumki, ba’zi bir ilmiy ixtirolar ham tasodifan topilgan. Gazetamizning ushbu sonidan boshlab, Siz aziz mushta¬riylarimizga tasodiflar tufayli fanda va boshqa jabhalarda ochilgan ixtirolar hamda shu mavzudagi topilma¬larga guvoh bo‘lgan olimlar, turli insonlar hayotidan qiziq-qiziq voqealar bilan tanishtirib boramiz.

Olti YOSHLI REKORDCHI! 52-son 2015

Olti YOSHLI REKORDCHI! 52-son 2015

Xitoylik olti yoshli Chjan Chuxan ismli qizaloq musiqiy asarlarni yoddan ijro etish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. U yetti daqiqa davomida dong‘i ketgan bastakorlarning 32 ta kuyini pianinoda to‘xtatmasdan ijro etdi. Qizaloqda musiqaga qiziqish yetti oyligida uyg‘ongan. U o‘sha vaqtda otasining qo‘shiqlarini boshini qimirlatgancha maroq bilan tinglarkan. Pianino chalishni esa to‘rt yoshida o‘rgangan. BONU tayyorladi

KATTA TANAFFUS 51-son 2015

KATTA TANAFFUS     51-son 2015

Bolajonlar, mana, yana siz bilan «Katta tanaffus» sahifasida uchrashib turibmiz. Kayfiyatingiz ko‘tarinki, o‘qishlaringiz a’lo ekanligiga shubhamiz yo‘q. Chunki tahririyatimizga kelayotgan maktublardan bu haqda bilib olyapmiz. Sizning qiziqishingizdan kelib chiqib, ushbu sahifani tayyorladik. Agar mazkur sahifada siz ham ishtirok etishni istasangiz, turli boshqotirma-yu xandalar, topishmoqlar-u tez aytishlaringizni darhol tahririyatimizga yuboring. Endi esa, marhamat, «Katta tanaffus»da miriqib suhbatlashamiz.

BOKS TARIXI 43-son 2015

BOKS TARIXI 43-son 2015

Boks musobaqalari ilk bor qadimiy Gretsiyadagi olimpiadada o‘tkazilgan. O‘yin qoidalari ham hozirgi kundagi talablarga yaqinroq bo‘lgan.