banner3
baner 2
banner1

TADBIRKORLIKKA YO‘L 34-son 2017-yil

TADBIRKORLIKKA YO‘L 34-son 2017-yil

Parrandani xalqimiz yetti xazinaning biri, deb bejiz aytishmagan. Bu soha rivoji xalqimizning oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondiribgina qolmay, sog‘lom turmush tarzini ham tubdan yaxshilashga xizmat qiladi. Shu sababli, Yurtboshimiz qishloqdagi har bir oilada ana shu tarmoqni har tomonlama rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Viloyatlarda bo‘lganlarida oilalarda parrandachilikni keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma bermoqda.

CHIMYONDA MAROQLI HORDIQ 32-son 2017-yil

CHIMYONDA MAROQLI HORDIQ 32-son 2017-yil

«Chimyon» bolalar sog‘lomlashtirish orom­gohi Bo‘stonliq tumanining Chimyon qishlog‘ida joylashgan. Joriy yil bu maskanda 1380 nafar bola dam olishi rejalashtirilgan.

TA’TILDA 50 TA KITOB 32-son 2017-yil

TA’TILDA 50 TA  KITOB 32-son 2017-yil

Yozgi ta’tilni buvim va bobom bilan maroqli o‘tkazmoqdaman. Bugun ham no­nushtadan so‘ng buvijonim bilan kitob do‘koniga borishni rejalashti­rib qo‘ydik.

DO‘STIMNING RUBOBI 27-son 2017-yil

DO‘STIMNING RUBOBI 27-son 2017-yil

Yozgi ta’tilning har bir kunini maroqli o‘tkazishni rejalashtirgan sinfdosh do‘stlar – Karim va Salim bugun mazza qilib velosiped uchishga kelishib olishdi. Karimlarning uyidagi omborxonadan velosipedni olib chiqishayotganida, Salim burchakda chang bosib yotgan rubobni ko‘rib qoldi.

«QALDIRG‘OCH»DA BIR KUN 27-son 2017-yil

«QALDIRG‘OCH»DA BIR KUN 27-son 2017-yil

Ta’lim maskanida tashkil etilgan «Qaldirg‘och» nomli sog‘lomlashtirish maydonchasida dam oluvchi bolajonlarimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Har kuni shaxmat-shashka, futbol, stol tennisi kabi sport to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib, spartakiada musobaqalari o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, «Til o‘rgatamiz va bahslashamiz» tadbirida «Quyoshcha», «Binafsha», «Kamalak», «Bo‘g‘irsoqlar», «Yulduzcha», «Barkamol avlod» guruhlari a’zolarining o‘zbek, rus va ingliz tillarida aytgan she’rlari, «Sholg‘om» ertagi asosida tayyorlagan sahna ko‘rinishlari barchaga manzur bo‘ldi. Bosh tarbiyachi Hulkar Sodiqova boshchiligida «Kitob – bizning do‘stimiz» shiori ostida o‘tkazilgan kitobxonlar bellashuvida esa o‘zbek shoir va yozuvchilari ijodidan namunalar yod olindi, Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlaridan sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

OROMGOHDA KO‘NGIL SHOD 30-son 2017-yil

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi 40-umumta’lim maktabida tashkil etilgan sport sog‘lomlashtirish maydonchasiga tashrifimiz chog‘ida bizni maktab rahbari Luqmonjon Tursimatov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rustamali Rasulov, bolalar yetakchisi Dilorom Hamroqulova, jismoniy tarbiya fani o‘qi­tuvchisi Ibrohim Abdurahmonov iliq kutib olishdi. Maktab hududining katta maydoni mevali daraxtlardan iborat bo‘lib, qirmizi olma-yu olchalar ko‘zni qamashtirardi. Erta tongdan oromgoh dam oluvchilar bilan gavjum.

TA’TILDA TO‘GARAK GAVJUM 31-son 2015

TA’TILDA TO‘GARAK GAVJUM 31-son 2015

O‘quvchilarning yozgi dam olish kunlarida Jizzax viloyati, Zafarobod tuman «Barkamol avlod» bolalar markazi har kungidan-da yoshlar bilan gavjum. Markazda «Yosh aviamodelchi», «Liboslar dizayneri», «Gulchilik», «Yosh arxitektor», «Pazandachilik», «Kompyuter grafikasi» kabi to‘garaklar muntazam ishlab turibdi.

DAM OLAMIZ, HUNAR O‘RGANAMIZ 24-son 2015

DAM OLAMIZ,  HUNAR O‘RGANAMIZ 24-son 2015

Navoiy viloyatida bugungi kunda 11 ta «Barkamol avlod» bolalar markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni ta’til kunlarida ushbu maskanlar o‘quvchilar bilan yanada gavjum.

Mehrga boy maskan 25-26 son 2015

Mehrga boy maskan 25-26 son 2015

Ayni yoz pallasida «Toshkent dengizi»ning qirg‘og‘ida joylashgan so‘lim maskan bolajonlarning shodon o‘yin-kulgilariga to‘ldi. Anvoyi gullar bilan bezangan ajoyib go‘shaga tashrif buyurgan kishi tabiatning betakror go‘zalliklari aks etgan manzaradan zavqqa to‘ladi. Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi «Mehrjon» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bolajonlarni ana shunday betakror tarovati bilan bag‘riga oldi. Bu yerda o‘tadigan har kun dasturlashtiril¬gan shoularga boy kechmoqda. Suv ombori bo‘yiga qilinadigan sayr esa har gal dam oluvchilarga unutilmas onlarni hadya etadi. «Kamolot» YOIH tuman Kengashi vakillarining bolalar bilan navbatdagi uchrashuvi bu safar ham juda qiziqarli kechdi. «Yozni «Kamalak» bilan!» loyihasi doirasida «Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz», «Davra ichida davra», «Biz chekishga qarshimiz!» mavzusida davra suhbatlari-yu estafeta o‘yinlari uyushtirildi. Alijon Tojimetov, Lobar Begimqulova, Nilufar Husanboyeva hamda Abbos Isoqovdan iborat kengash a’zolari bolajonlar bilan birga barcha tadbirlarda faol ishtirok etishdi. G‘oliblarga faxriy yorliqlar hamda yangi nashrdan chiqqan badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. Respublikamizning Orolbo‘yi hududidan kelgan bolajonlar va Mehribonlik uylari tarbiyalanuv¬chilaridan iborat 200 nafar dam oluvchilar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlardan mamnunligini ular bilan muloqot chog‘i bilib oldik. Bunda Xosiyat Turg‘unboyeva, Olimjon Tursunboyev, Valentina Belyayeva, Noila Badgudinova hamda Samig‘ Aminov singari fidoyi pedagog, xodimlarning sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etsak arziydi. Nurbek NURALI o‘g‘li

Quvnoq ta’til 27-son

Bolajonlar, mana, ta’tilning ikkinchi oyi ham boshlandi. O‘ylaymizki, siz, albatta, har bir dam olish kunidan unumli foydalanyapsiz. Kimdir mavsumni qishloqdagi bobo va buvisi bilan o‘tkazayotgan bo‘lsa, ayrimlar tog‘ yon-bag‘ridagi so‘lim oromgohlarda miriqib hordiq chiqarayotgani aniq. Bu haqda mazkur sahifamiz orqali yoritib borishga harakat qilmoqdamiz. Siz ham ta’til sarguzashtlari haqida bizga maktub yo‘llang!

“Intellektual rivojlantirish oromgohi” 27-son 2015

“Intellektual  rivojlantirish oromgohi” 27-son 2015

“Intellektual rivojlantirish oromgohi” iste’dodli o‘quvchilarni o‘z bag‘riga oldi Respublikamiz umumta’lim maktablarida o‘quv yili yakunlanib, yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari ish boshlaganiga ancha bo‘ldi. Ta’lim muassasalarining ayrimlarida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlar bolalar uchun maroqli dam olish maskaniga aylandi. Tog‘ yonbag‘rida, tabiatning so‘lim go‘shalarida makon tutgan oromgohlar esa bolajonlarga hordiq chiqarish barobarida unutilmas onlarni ham hadya etmoqda.

DEYMIZ: «MAZZA OROMGOH» 28-son 2015

DEYMIZ: «MAZZA OROMGOH» 28-son 2015

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida joylashgan «Sohil» bolalar oromgohi bahavo, so‘lim tabiati bilan bolajonlarning sevimli maskaniga aylangan.

YOSH FUTBOLCHILAR OROMGOHDA 30-son 2015

YOSH FUTBOLCHILAR OROMGOHDA 30-son 2015

Chotqol tog‘ yonbag‘rida joylashgan «Fazogir Gagarin» sog‘lomlashtirish oromgohi har doimgidek gavjum. Bu yerda, asosan, «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida va boshqa nashriyot hamda bosmaxonalarda faoliyat yuritayotgan noshir-matbaachilarning o‘g‘il-qizlari miriqib hordiq chiqarishmoqda.