banner3
baner 2
banner1

SUV – MO‘JIZA 28-son 2018-yil

SUV – MO‘JIZA  28-son 2018-yil

Suv barcha tirik jonzotga kuch ato etuvchi mo‘jiza. Hovlimizda yetmishdan ziyod katta tuvaklarda gullarni o‘stirib, parvarishlaymiz. Ularga o‘z vaqtida suv quymasak, suvsizlikdan azob chekayotganini ko‘rishimiz mumkin. Tabiatning yashnashiga, insonlarning sog‘-salomat kun kechirishi uchun obihayot kerak ekaniga ko‘p bora amin bo‘lganman.

«Boylikni bolalikdan asrang» tanloviga 27-son 2018-yil

Biz kun bo‘yi chanqog‘imizni qondirish uchun 3 litrgacha suv ichamiz. Nahorda esa 1 stakan ichilgan suv tetik yurishga yordam beradi. Shunday ekan, ushbu hayot sarchashmasidan oqilona foydalanishimiz shart.

«Onajonim tabiat» insholar va rasmlar tanloviga! 18-son 2018-yil

Ona diyorimiz kundan kunga chiroy ochmoqda. Yurtimiz bo‘ylab sayohatlarga chiqib, shunga guvoh bo‘lyapmanki, bo‘sh va qarovsiz yotgan yerlarga e’tibor qaratilib, ko‘plab mevali, manzarali daraxtlar ekilmoqda. Bu sa’y-harakatlarning barchasi atrof-muhit va ekologiyaning musaffo bo‘lishiga xizmat qiladi.

«BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!» 15-son 2018-yil

Toza ichimlik suvi, tabiiy gaz hamda elektr toki kabi bebaho ne’matlar yaxshi yashashimiz uchun juda zarur. Ulardan asrab-avaylab foydalanmasak, kelajak avlod hech qachon bizni kechirmaydi. Onamning aytishlaricha, avvallari suv mo‘l bo‘lgani uchun tomorqada turli sabzavotlar yetishtirgan ekan. Hozir esa ariqlardagi suv xonadonimizgacha yetib kelmaydi. Shu bois, ro‘zg‘orimizga kerak bo‘ladigan barcha sabzavotlarni bozordan sotib olishga majburmiz.

«ONAJONIM TABIAT» insholar va rasmlar tanloviga marhamat! 14-son 2018-yil

Jonajon yurtimiz tabiati, atrof-muhit, yer va suv resurslarini muhofaza qilish, ekologiyani yaxshilash kabi ezgu ishlarda Siz aziz o‘quvchilar faolligini oshirish, ekologik ta’lim-tarbiyani shakllantirish, shu bilan birga, yoshlar qalbida ona tabiatga yanada mehr uyg‘otish maqsadida:

NE’MATNI BORIDA QADRLAYLIK! 8-son 2018-yil

NE’MATNI BORIDA QADRLAYLIK! 8-son 2018-yil

O‘shanda 6-sinfda o‘qirdim. Geogra­fiya fani o‘qituvchimiz bizni tog‘ga sayohatga olib chiqqandi. Tabiat qo‘ynidagi maysalar asta tebranib, «Xush kelibsiz», deyayotganday edi, go‘yo. Biz zilol suvlardan ichdik, mazza qilib lolalar terdik. Shunda ustozimiz:

BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG! 1-son 2018-yil

Aziz o‘quvchilar! Yurtimiz tabiiy boyliklarga boy ekanini yaxshi bilasiz. Ammo ota-bobolarimiz aytganlaridek, har qanday ne’matning qadriga vaqtida yetmoq lozim.

ADIB SOVG‘ASI 33-son 2017-yil

Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidan kelgan ushbu maktub 7-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktab-internatining 5-«B» sinf o‘quvchisi Madinabonu Karimova haqida yozilgan ekan. Unda kitob­xon o‘quvchining o‘qigan kitoblari ro‘yxati ham ilova qilingan.

G‘UNCHA IFORI 33-son 2017-yil

G‘UNCHA IFORI 33-son 2017-yil

Namangan viloyati, Pop tumanidagi Xonobod qishlog‘ida tug‘ilgan Malika Shermatova hozirda tumandagi 19-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi. Bu tengdoshingiz fan va sport to‘ga­raklariga muntazam qatnashib keladi. Bundan tashqari, Malika­ning she’riyatga qiziqishi baland. U «G‘uncha ifo­ri» nomli to‘plam muallifidir.

YOSH KITOBXON 9-son 2017

YOSH KITOBXON 9-son 2017

Poytaxtimizning Uchtepa tuman XTMFMTTE bo‘limi tashabbusi bilan 109-umumta’lim maktabida ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Inson tafakkuri va ongining rivojlanishida eng yaxshi vosita, shubha­siz, kitobdir. Kitobga oshno qalblarda ezgulik quyoshi porlab turadi. Har bir bolajon oilaning xazinasi – kutubxonasi bor.

OBOD MANZILLAR 2-son 2017

Vatan! Har go‘shasi biz uchun aziz. Qalbimiz quyoshi hisoblanmish ona yurtimizni ota-onani e’zozlagandek avaylashimiz barobarida uni hech narsaga alisha olmasligimizni dildan his etamiz.

YOSH CHEGARACHI 50-son 2016

Men yosh harbiy bo‘laman, O‘qishga intilaman. Besh olaman maktabda, Erishaman maqsadga.

VATANPARVAR 50-son 2016

VATANPARVAR 50-son 2016

Tong otadi, kun botar, Doim ko‘ngil to‘q. Bizning ozod yurtimizda, Xavf-u xatar yo‘q.

ORZULARIM BIR DUNYO 50-son 2016

«MEN – YOSH VATANPARVAR» TANLOVIGA Men bo‘sh vaqtlarimda rasm chizishga, to‘quvchilikka, kitob o‘qishga qiziqaman. Ba’zida she’r va hikoyalar mashq qilib turaman.

TANLOV G‘OLIBLARINI QUTLAYMIZ 50-son 2016

Qadrli o‘quvchilar, barchangizga yaxshi ma’lumki, «Sog‘lom ona va bola yili» munosabati bilan gazetamizning 2016-yil 7-mart (№ 10) sonida «Sog‘lom bola – boy bola» tanlovini e’lon qilgan edik. O‘tgan vaqt mobaynida Siz aziz o‘quvchilardan ko‘plab xatlar oldik. Quvonarli jihati, maktublarda ishtirokchilar o‘zlarining shu mavzuga doir ko‘ngil bitiklarini maqola, she’r, rasmlar orqali namoyon etishga harakat qilishdi. O‘z navbatida, biz ham har bir chizgini odilona sara­lashga harakat qildik.

BUYUK YURT FARZANDIMIZ 49-son 2016

«MEN – YOSH VATANPARVAR» tanloviga Vatan har bir kishi­ning kindik qoni to‘kilgan makon, tug‘ilib o‘sgan muqaddas joydir. Yurtni sevish vatanparvarlikda namoyon bo‘ladi. Bu shunchaki balandparvoz gaplar emas, balki dilning tub-tubidan chiqayotgan samimiy so‘zlardir.

SAN’ATSEVARLAR ARALANDI 44-son 2016

Yurtimizni tom ma’noda, iste’dodlar mamlakati, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yangi-yangi iste’dodlarni kashf etayotgan ko‘rik-tanlovlar ezgu maqsad yo‘lida muhim omil bo‘l­moqda. Jumladan, Sirdaryoda «Istiqlol g‘unchalari» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi hamda «Kasaba uyushmalari – bolalarga» aksiyasi doirasida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda 150 dan ziyod 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘rt yo‘nalish bo‘yicha o‘z iste’dod va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

DIQQAT: YANGI TANLOV! MEN – YOSH VATANPARVAR 42-son 2016

DIQQAT: YANGI TANLOV! MEN – YOSH VATANPARVAR 42-son 2016

Mamlakatimiz yoshlarini Istiqlol g‘oyalariga munosib ruhda tarbiyalash, Vatan himoyasiga kamarbasta o‘g‘lonlarni voyaga yetkazish, yuksak insoniy tuyg‘ularga ega barkamol avlodni kamol toptirish kabi ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston «Veteran» jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi, O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarining «Tong yulduzi» gazetasi hamkorlikda mamlakatimiz umumta’lim maktablari o‘quvchilari, vatanparvarlar sport to‘garaklari hamda harbiy-sport guruhlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Men – yosh Vatanparvar» nomli ikki bosqichli respublika tanlovini e’lon qiladi.

ENG OBOD TA’LIM MUASSASASI 41-son 2016

ENG OBOD TA’LIM MUASSASASI 41-son 2016

Respublika miqyosida o‘tkazilgan «Eng obod ta’lim muassasasi – 2013» tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 21-umumta’lim maktabida ham ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, jonkuyar o‘qituvchilar, bilimga chanqoq o‘quvchilarning yutuqlari talaygina.

«MUSTAQILLIK MADHI BOLALAR IJODIDA»

TASVIRIY SAN’AT YO‘NALISHI BO‘YICHA: 1-o‘rin – Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 24-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Nazira Sherniyozovaga; 2-o‘rin – Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi 12-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Maftuna Qosimovaga; 3-o‘rin – Toshkent shahridagi 327-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Usmonxo‘ja Muxtorxo‘jayevga berildi. NAZM YO‘NALISHI BO‘YICHA: 1-o‘rin – Jizzax viloyati, Jizzax tumanidagi 23-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Durdona Nurmatovaga; 2-o‘rin – Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi 13-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Lobar Ma’diyevaga; 3-o‘rin – Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi 29-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Xushrumo Komilovaga berildi. NASR YO‘NALISHI BO‘YICHA: 1-o‘rin – Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi 13-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Nilufar Yoqubovaga; 2-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 41-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Madina Jumaboyevaga; 3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanidagi 28-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Shirin Karimboyevaga berildi. G‘oliblar homiylar tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg‘alar hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan diplom bilan taqdirlanadilar. G‘oliblarni qutlaymiz! Murojaat uchun telefon: (0 371) 236-79-70.