banner3
baner 2
banner1

DONO VAZIR 11-SON 2018-YIL

Shoh Akbarning o‘z yonidagi a’yonlarini qiyin jumboq-u topishmoqlar bilan sinash odati bor ekan. Olampanoh atayin yechimi mushkul topishmoqlarni berar, bu esa saroy ahlini uzoq o‘ylantirib qo‘yarkan.

OPA-SINGIL KAPALAKLAR 8-son 2018-yil

AHILLIKNING DOVRUG‘I 5-son 2018-yil

AHILLIKNING DOVRUG‘I   5-son 2018-yil

Qadimda bir o‘rmonda jonivorlar maktabi bo‘lgan ekan. Unda quyon, tulki, ayiq, mitti koala, maymun, pashsha, ninachi, zarg‘aldoq, to‘ti, burgut va lochin kabi qush va hayvonlar tahsil olarkan. Ammo ular o‘zaro ahil emas ekan. Bir kuni o‘qituvchi Boyo‘g‘li ajoyib hiyla o‘ylab, sinfning ahilligini sinab ko‘rmoqchi bo‘libdi.

AHILLIK 43-son 2016

AHILLIK 43-son 2016

Qadimdan odamlar vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, foydali ish bilan shug‘ullanishni odat qilgan ekanlar. Vaqt aslida uch aka-uka bo‘lib, ular soat, daqiqa va soniya deb yuritilar ekan. Kunlarning birida ota o‘g‘lidan soat necha bo‘lganini so‘rabdi. Bola: – O‘n ikkidan qirq besh daqiqa o‘tdi, – deb javob beribdi. Buni eshitgan soat mag‘rur jilmayib:

MARVARIDLAR MALIKASI 42-son 2016

MARVARIDLAR MALIKASI 42-son 2016

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, juda qadim emas, ayni bizning zamonda Tabassumxon degan qizaloq bor ekan. U judayam samimiy, har doim kulib yurardi. Atrofdagilarga kulgi ulashib, ularning kayfiyatini ko‘tarishni yaxshi ko‘rarkan. Uning birgina kamchiligi: shokolad va konfetlarni ko‘rganda sira nafsini tiyolmas ekan. Bir kuni uning yuziga qayg‘u alomatlari soya tashlabdi. U shu kundan boshlab kulmay qo‘yibdi. Atrofidagilar esa bundan hayron bo‘lishibdi.

GULLAR MALIKASI 38-son 2016

GULLAR MALIKASI 38-son 2016

Har yili sentyabr oyida dunyodagi barcha gullar bazm uyushtirishar ekan. – Salom azizlarim, bugun dunyodagi eng go‘zal va ajoyib gul qay birimiz ekani aniqlanadi. G‘olibni gullar saltanatining malikasi deya e’lon qilamiz, eng asosiysi, ular har yili ko‘klamni boshlab berish, nafo­sat fasli kirib kelgani bilan insoniyatni muborakbod etish baxtiga musharraf bo‘ladi, – debdi mehr-muhabbat ramzi bo‘lgan qizil atirgul. U gapini tugatmasdanoq, kartoshkagul atirgulni maqtashga tushibdi:

IXTIRO 30-son 2016

IXTIRO 30-son 2016

Azizbek, Saidjon va Omadbek degan do‘stlar Bag‘dod shaharchasining Boburshoh ko‘chasida yashar ekan. Azizbek va Saidjon a’lochi, aqlli, ko‘p kitob o‘qishar, Omadbek esa dangasa ekan. Bir kuni qo‘shnilari bilan dadasining suhbati elas-elas Omadbekning qulog‘iga chalinibdi. – Mahmud olim yangi bir moslama ixtiro qilibdi, – deya asta so‘z boshlabdi Akbar aka. – Uni qulog‘iga taqqan insonning ishi o‘ngidan kelarmish.

AHILLIKDA HIKMAT KO‘P 25-son 2016

AHILLIKDA HIKMAT KO‘P 25-son 2016

Qadimda barcha buyumlar jonli bo‘lgan ekan. Ya’ni, ular bir-biri bilan bemalol suhbatlashar, hatto baliq­dek suzish-u lochin kabi uchishni ham bilishar ekan. Ular juda ahil bo‘lib, faqat gilam hech kim bilan chiqisha olmas edi. Bu­ning ustiga u o‘ta yalqov ham edi. Barcha buyumlarning shohi sandiq, uning eng mohir sehrgari ja­von edi.

TAOMLAR BAHSI 24-son 2016

TAOMLAR BAHSI 24-son 2016

Bu voqea qadim zamonda bo‘lgan ekan. O‘shanda sho‘rva, xonim, palov, sumalak kabi taomlar bir-birlari bilan bahslashib qolishibdi. Sho‘rva maqtanib:

HARFLAR NEGA XAFA? 21-son 2016

Qorong‘i tunda eshik qattiq taqilladi. Oyisi hadeganda chiqavermagach, Zokirning o‘zi eshik oldiga kelib, tirqishdan mo‘raladi. Hech kim yo‘q... U joyiga yotmoqchi bo‘lib endi yonboshlagan edi hamki, eshik qo‘ng‘irog‘i yana jiringladi. Zokir eshikka borib «Kim?» deb so‘radi.

«HECH NIMANI» QACHON BERASAN? 9-son 2016

«HECH NIMANI» QACHON BERASAN? 9-son 2016

Bir kuni tulki o‘rmonda ketayotgan edi. Oldidan og‘ir yukni ko‘tarolmay turgan ayiq chiqib qoldi. U tulkidan yordam berishini iltimos qildi. Shunda tulki: – Yordamim evaziga menga nima berasan? – deb so‘radi. – Hech nima, – deya javob berdi ayiq. Tulki «roziman» deya unga yordam berib yubordi. Ayiq unga rahmat aytib yo‘lida davom etdi. Tulki esa:

DO‘STLIK 8-son 2016

DO‘STLIK 8-son 2016

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Chiroyli olmaxon bo‘lgan ekan. U juda maqtanchoq bo‘lib, shoxdan shoxga sakrashni bilmagani uchun quyonning ustidan kularkan. Bir kuni olmaxon daraxt tepasida turganida ayiq polvon kelib, daraxtni silkitibdi. Buni kutmagan olmaxon yiqilib tushayotganida quyon bir sakrab uni ushlab qolibdi. Quyon tufayli omon qolgan olma¬xon undan uzr so‘rab, boshqa maqtanchoqlik qilmaydigan bo‘libdi. Shu voqeadan so‘ng ular qalin do‘st tutinishibdi. Ularning do‘stligini hech kim buzolmas ekan.

RANGLAR SHAHRI 6-son 2016

RANGLAR SHAHRI 6-son 2016

Qadim zamonlarda ko‘m-ko‘k bulutlar ortida ranglar shah¬ri bo‘lgan ekan. U yerda oq, pushti, olovrang, yashil, ko‘k, uning ukasi havorang, sariq hamda qizil ranglar tinch va totuv yashar ekan. Bir kuni Laylakvoy Quyoshjondan sariq rangga kutil¬magan xabar keltirib¬di. Maktubda shunday deyilgan ekan:

Choynak bilan qopqoq 2015_37-son

Choynak bilan qopqoq 2015_37-son

Uy egasi ishga ketgan vaqtda idish-tovoqlar jonlanib, gaplashib qolishibdi. Suhbatga choynak ham qo‘shilibdi: – Mendan uy egasi har kuni foydalanadi, so‘ngra top-toza qilib yuvib qo‘yadi. Bekamizning eng yaqin yordamchisi o‘zimman, qopqoq esa menga ortiqchalik qiladi. U mendan ancha kichik bo‘lganligi uchun bekamiz unchalik e’tiborga olmaydi.

CHASHMA _2015_34-son

CHASHMA _2015_34-son

Uzoq bir yurtda ulkan tog‘ etagida zilol chashma bo‘lib, unda suzib yurgan baliqlar shundoqqina ko‘rinib turar ekan. Yillar o‘tib, buloq atrofiga odamlar ko‘chib kelib, boshpana qurishibdi. Bora-bora suv har xil chiqindilarga to‘libdi. Oylar o‘tib, chashmaning avvalgi tarovatidan asar ham qolmabdi. Bir kuni qabilaning yosh bolasi qo‘lidagi chiqindini buloqqa tashlamoqchi bo‘lib turganida, suvdan bir ulkan baliq chiqib: «To‘xta bolakay, bu suvdan chanqog‘ingni qondirasan, mazza qilib cho‘milasan, nega endi men yashayotgan makonni zaharlay¬san?!» deya nola qilibdi. Jonivorning so‘zlari bolaga qattiq ta’sir qilibdi. Qabiladoshlarining ishidan izza bo‘lgan bolakay baliqning yuziga qarashga uyalib, ortiga qochmoqchi bo‘lib, birdan oyog‘i toyib, suvga yiqilibdi. Cho‘chib ketgan bola ko‘zini ochib qarasa, ko‘rganlari tush ekan...

QO‘SHIMCHALAR_2015_33-son

QO‘SHIMCHALAR_2015_33-son

(Ertak) Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda Asos degan cholning uch o‘g‘li bo‘lgan ekan. Ular So‘z yasovchi, Lug‘aviy shakl yasovchi va Sintaktik shakl yasovchilar ekan. Bir kuni aka-ukalar tortishib qolishibdi. Bu voqeaning ustiga Asos ota kelib qolibdi. Shunda to‘ng‘ich o‘g‘il So‘z yasovchi gap boshlabdi: – Otajon, ayting-chi, oramizda eng zo‘rimiz kim?

DONO QIZ_2015_32-son

DONO QIZ_2015_32-son

(Ertak) Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda chol va uning Sarvigul ismli nazokatli nabirasi bo‘lgan ekan. Chol temirchilik qilar, qiz esa chevar ekan. Shu yurtning shahzodasi uchun barcha temir buyumlarini ana shu temirchi yasab berarkan. Bir kuni shahzoda o‘zi uchun maxsus yasalgan qilichni ko‘rish uchun temirchinikiga boribdi. U yerda qizni ko‘rib qolib, ustadan so‘rabdi: – Otaxon, bu qiz sizga kim bo‘ladi? – Mening nabiram – Sarvigul, – debdi temirchi.

O‘rmonda to‘p o‘yini 23-son 2015

O‘rmonda to‘p o‘yini  23-son 2015

O‘rmonda to‘p o‘yini «Go‘shtxo‘r»lar-u «O‘txo‘r»lar, Tuzdi futbol komanda. Biri o‘ngdan to‘p surdi, Boshqasi chap tomondan. Bunday zo‘r uchrashuvga, Yig‘ildi barcha hayvon. Turnadan tortib hatto, Qirda yugurgan Jayron.