banner3
baner 2
banner1

«Bilim»dagi taqdimot 28-son 2018-yil

Azizbek internetdan oqilona foydalanish lozimligini juda yaxshi biladi. Bir kuni u GUJUM.UZ (Gujum – dumaloq yer shaklidagi, sersoya, barglari nafis daraxt) saytida e’lon qilingan «Siz o‘z huquqingizni bilasizmi?» nomli tanlov bilan tanishib, unda ishtirok etdi.

«KinderExpo» Barchasi Bolalar uchun 27-son 2018-yil

Kuni kecha Yoshlar ijodiyot saroyida «KinderExpo» Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda Hindiston, Indoneziya, Qozog‘iston, Xitoy, Tayvan, O‘zbe­kiston kabi mamlakatlarning 25 dan ziyod kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularni jismoniy rivojlantirishni rag‘batlantirish qurilmalari, bolalar ozuqa va ichimliklari, mebellari hamda o‘yinchoqlar namoyish etildi.

OSHPAZLAR BELLASHUVI 27-son 2018-yil

OSHPAZLAR   BELLASHUVI   27-son 2018-yil

Qizalog‘imni bog‘chadan olib qaytar ekanman, yo‘l-yo‘lakay bugungi kuni qanday o‘tgani bilan qiziqaman. U esa birin-ketin savollarimga javob bera boshlaydi: – Oyijon, bugun bog‘chada sharbat ichdik. Uxlashdan oldin ikkita ovqat yedik. Siz ham hozir ikki xil ovqat qilasizmi?

So‘z – XALQARO OLIMPIADA ISHTIROKCHILARIGA! 26-son 2018-yil

Mahmud Asentai, Qozog‘iston Respublikasi, Olmaota shahridagi Respublika fizika va matematika fanlariga ixtisos­lashtirilgan maktab o‘quvchisi: – Bizni Samarqand temiryo‘l vokzali­da karnay-surnay sadolari ostida kutib olishdi. Qadimiy kent, unda yashab o‘tgan buyuk allomalar va ular qurdirgan tarixiy obidalar haqida ko‘p eshitganman. Bugun o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, bunga guvoh bo‘lib turibman.

ILM VA MA’RIFAT – XALQLAR O‘RTASIDAGI KO‘PRIK 26-son 2018-yil

ILM VA MA’RIFAT –  XALQLAR O‘RTASIDAGI KO‘PRIK 26-son 2018-yil

Tarixdan ma’lumki, yurtimizda, tabarruk zaminimizda buyuk allomalar, fozil-u fuzalolar, olim-u ulamolar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eng qadimgi bitiklardan tortib, bugun muzey va kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Prezidentimiz e’tirof etganlaridek, bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. Buyuk ajdodlarimiz – Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zamahshariy singari umumbashariy taraqqiyotga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bizga qoldirgan o‘lmas merosidan hozirgi avlod qalbida faxr-iftixor tuyg‘usi jo‘sh urayotgani barchamizni quvontiradi, albatta.

«G‘UNCHA»DA KECHGAN TA’TIL... 25-son 2018-yil

«G‘UNCHA»DA KECHGAN TA’TIL... 25-son 2018-yil

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi 5-umumta’lim maktabida «G‘uncha» nomli kunduzgi oromgoh ish boshladi. O‘quvchilarning yozgi ta’til damlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkillashtirilgan mazkur dam olish maskanida 100 nafar bolajonlar «Bilimdonlar», «Oqqushlar», «Kamalak yulduzlari», «Quvnoqlar» guruhlariga jalb qilingan.

UNUTILMAS SAYOHAT 24-son 2018-yil

U Samarqand viloyati, Ishtixon tumanining Miyonkol oralig‘ida joylashganligi uchun shu nom bilan ataladi. O‘quvchilar muzeyda hayvonot olami: qarg‘a, suv o‘rdagi, nayzatumshuq, kapalaklarning 20 turi, yirtqich qushlar, tog‘ echkisi, yovvoyi to‘ng‘iz va ayiqlar bilan tanishdilar.

KITOB – QALB QUYOSHI 23-son 2018-yil

– Bolaligimda o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilardim. Urush yillariga to‘g‘ri kelgan o‘sha damlarda qishlog‘imizda faqat­gina bitta texnika bo‘lardi, u ham bo‘lsa, velosiped edi. Bu ulov ham faqat maktab o‘qituv­chilarida bor edi. Darsdan keyin o‘rtoqlarim bilan ustozning velosipedi ortidan yugurardik.

Qizilqum javohirlari 23-son 2018-yil

Xalqlar do‘stligi saroyida Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatiga qarashli Farhod ma’daniyat saroyi qoshidagi jamoalarning hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

BOLAJONLAR – SHIRINTOYLAR 23-son 2018-yil

BOLAJONLAR – SHIRINTOYLAR 23-son 2018-yil

Shirintoylar egnidagi kiyimlarning har biri o‘ziga xos uslubda tikilgan bo‘lib, ularda milliy va zamonaviylikka alohida e’tibor berilgan. Festivalning bayram arafasida tashkillashtirilgani esa bolajonlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlagan bo‘lsa, ajab emas.

Uyingizga oftob oling, Bittagina kitob oling... 22-son 2018-yil

Uyingizga oftob oling,  Bittagina kitob oling...  22-son 2018-yil

Shu yilning 24–25-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida «Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir» shiori ostida Respublika kitob bayrami o‘tkazildi.

ONA VATAN MADHI 22-son 2018-yil

ONA VATAN MADHI 22-son 2018-yil

Poytaxtimizdagi 300-DIUM boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Tamara Ahmedova tajribali pedagog sifatida ko‘pchi­likning mehrini qozongan. Ustoz yosh shogirdlariga turli fanlardan bilim berish bilan birga, ular qal­bida Vatan, ona tabiatga mehr uyg‘otish yo‘lida turli tadbirlar o‘tkazishni yaxshi an’anaga aylantirgan.

«SHARQ ATIRGULI» 20-son 2018-yil

«SHARQ ATIRGULI»  20-son 2018-yil

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tasarrufidagi «Sharq atirguli» bolalar ijod uyi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkillashtirilgan festivalda Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Bolgariya, Chexiya, Fransiya kabi davlatlardan mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Ular vokal, xoreografiya, an’anaviy estrada ijrochiligi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qildi. Shuningdek, ishtirokchilar poytaxtimiz bo‘ylab sayohatga chiqishdi.

«INSON – AZIZ, XOTIRA – MUQADDAS» 20-son 2018-yil

«INSON – AZIZ, XOTIRA – MUQADDAS»  20-son 2018-yil

Ushbu ayyom Samarqand viloyatining Tayloq tumanidagi 14-umumta’lim maktabida ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bayram munosabati bilan maktab Yoshlar ittifoqi sardorlari tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, Afg‘on urushi ishtirokchilari holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi.

Seni sevgan Vatanni sev! 18-son 2018-yil

Seni sevgan  Vatanni sev! 18-son 2018-yil

Umida opani maktab o‘quvchilari tez-tez uchrashuvlarga taklif etishadi. Uning suhbatini tinglagan kishi beixtiyor o‘zini bolalik davriga tushib qolganday sezadi. Ana shunday uchrashuv­lardan biri poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 215-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. «3-«A», 3-«B», 4-«A», 4-«B» sinf o‘quvchilari huzuriga maktab rahbari Ma’mura Husnitdinova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Muzaffar Ilashev Umida opani boshlab kirganda, bolalarning ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi.

Ustozga tashakkurnoma 18-son 2018-yil

Ustozga tashakkurnoma 18-son 2018-yil

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 109-umumta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi Mashhura Tohirova tomonidan «Mahorat maktabi» o‘quv seminari tashkil etildi.

Ma’naviyat ko‘zgusi 18-son 2018-yil

Inson ma’naviy kamolotida kitobning o‘rni beqiyos. Bugun yurtimizda yoshlarning mutolaaga bo‘lgan mehrini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda. Respublikamiz umumta’lim maktablarida ushbu yo‘nalishda tashkillashtirilayotgan tadbirlar ijobiy samara berayotir.

QOZOG‘ISTONLIK KITOBXONLAR BILAN onlayn muloqot 18-son 2018-yil

QOZOG‘ISTONLIK KITOBXONLAR BILAN  onlayn muloqot 18-son 2018-yil

Tarixan birligimiz, ma’nan yaqinligimizni yanada mustahkamlash, bugungi zamonning murakkab masalalarini hamkorlikda hal qilish, yangi avlodlar kelajagini birgalikda barpo etish maqsadida 2018-yil Qozog‘iston Respublikasida «O‘zbekiston yili» deb e’lon qilingan edi. Qisqa fursat ichida ikki davlat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli festival va uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

HOKIM OCHIQ DARS O‘TDI 18-son 2018-yil

  HOKIM OCHIQ DARS O‘TDI 18-son 2018-yil

Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizdagi har bir tuman hokimi o‘quvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazayotganidan behad quvondik. Kuni kecha ana shunday ajoyib tadbir bizning maktabda ham bo‘lib o‘tdi. Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov ta’lim dargohimizga kirib kelarkan, hammaning qalbi hayajonga to‘ldi. Chunki maktabimizda hali hech bunday uchrashuv bo‘lmagan edi-da!

TO‘MARIS IZDOSHLARI 17-son 2018-yil

Yaqinda maktabimizda «To‘maris izdoshlari» deb nomlangan sport musobaqasi o‘tkazdik. Unda 1–10-sinf qizlari faol ishtirok etdi. Qatnashchilar arqon tortish, uzunlikka sakrash, uzoq masofaga yugurish kabi bir-biridan qiziqarli shartlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. G‘olib qizlar yakunda maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.