banner3
baner 2
banner1

BOLALIK KUNLARIMDA... OTAM BIRINCHI USTOZIM 4-son 2018-yil

BOLALIK KUNLARIMDA... OTAM BIRINCHI USTOZIM 4-son 2018-yil

Yurtimizning to‘rt fasli, BIZGA ATALGAN ASLI... 5-son 2017

Yurtimizning to‘rt fasli, BIZGA ATALGAN ASLI... 5-son 2017

Bugungi kunda bolalarning sevimli shoiri Dilshod Rajab she’rlari kirib bormagan xonadon yurtimizda topilmasa kerak. Hamisha chehrasidan tabassum barq urib turadigan ijodkorning qalamga olgan mavzulari ham bir-biridan quvnoq. Ziyoli oilada voyaga yetgan shoirimizda tabiat go‘zalligi-yu adabiyotga shaydolik juda erta uyg‘ondi. Kitobga bo‘lgan mehr esa uni bolalar uchun ijod qilishga undadi. Keling, birgalikda Dilshod Rajabning bolalik olamiga sayohat qilamiz.

Beg‘uborlik olamining bekasi 28-son 2016

Beg‘uborlik olamining bekasi 28-son 2016

Har bir inson xotiralar bilan yashaydi. Ularning eng qadrlisi, maroqlisi ota-ona bag‘rida kechgan betashvish, betakror, beg‘ubor kunlari bilan bog‘liq bolalik xotiralari bo‘lsa kerak. Taniqli bolalar adiblarining o‘z bolaliklari haqidagi hikoyalari esa yanada qiziqarlidir. Sevimli shoiramiz Kavsar Turdiyeva­ning eng baxtiyor, jo‘shqin damlari – bolaligi bilan bog‘liq xotiralarini o‘qib, fikrimizga qo‘shilasiz, degan umiddamiz. Bolalik! U haqida o‘ylasam, entikib ketaman. Bobojoni, buvijonining issiq bag‘rida o‘tirgan qizaloq ko‘z oldimga keladi. U qizaloqning o‘zgacha dunyosi, hech kimnikiga o‘xshamagan xayollari bor edi. U turli tasavvurlar bilan yashar, ana shulardan kelib chiqib nimalardir qilar edi. Biroz ulg‘aygach, o‘zining qilgan ishlaridan mazza qilib kulardi. Masalan, uning uch yoshligida tushgan birorta ham surati yo‘q. Nega, deysizmi? Unda surat borasida odamni dazmollab, keyin qog‘ozga qoqib qo‘yishadi, degan tushuncha bo‘lgan. Shuning uchun ham uylariga suratkash kelganida jon holatda qochib, berkinib olgan ekan...

Vatan tuyg‘usini dilingizga jo aylang 20-son 2016

Vatan tuyg‘usini dilingizga jo aylang 20-son 2016

Haydar MUHAM­MAD – shoir, dramaturg, «Do‘stlik» ordeni sohibi. Yozmasa turolmaydigan, yozsa charchamaydigan qalam sohibi. 26 dan ziyod asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar, 22 ta nazmiy asarlari chop etilgan. El ardog‘idagi ijodkor o‘z bolaligi haqida quyidagi xotiralarni so‘zlab berdi.

Miraziz A’zam 15-son 2016

Miraziz A’zam  15-son 2016

“BOLALIK KUNLARIMDA…” Bolalik yillarini xotirlash hamisha yoqimli. Ayniqsa, bola qalbli insonlar bir zumda o‘sha davrga qaytadi-qoladi, yodida qolgan voqealarni o‘zgacha zavq, hayajon bilan eslashadi. Keling, ana shunday insonlardan biri bolalarning sevimli shoiri Miraziz A’zamning beg‘ubor xotiralari bilan tanishaylik, hayoti va ijodiga bir nazar solaylik.

«BOLALIK KUNLARIMDA» Tursunboy Adashboyev

«BOLALIK KUNLARIMDA» Tursunboy Adashboyev

Qadrli bolajonlar, nabiralarim! Sevimli gazetangiz orqali Sizlarga bolaligim qanday kechganligi, adabiyot olamiga qay tarzda kirib kelganligim haqida qisqacha hikoya qilib bermoqchiman. TANDIRGA BO‘YIM YETMASDI

MO‘TTIVOYMI YO MITTIVOY?! 5-SON 2016

MO‘TTIVOYMI YO MITTIVOY?! 5-SON 2016

“BOLALIK KUNLARIMDA…” ruknining bugungi mehmoni – “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar OBIDJON. – Yashash intilishlar-u kurashlardan, topishish-u yo‘qotishlardan iboratdir. Shundan kelib chiqib doimo to‘g‘ri so‘zni aytishga intilaman. Dadamning «Shoirlikni havas qilasanmi yo boshqa kasbnimi, eng avval, oila a’zolaring birligini, uying fayz-u tarovatini ta’minlashing shart», degan o‘gitlarini umrim mazmuniga aylantirib olgan¬man. Hayotga bo‘lgan muhabbatim¬ning ortishida yaqinlarim bilan bog‘liq ajoyib xotiralar muhim o‘rin tutganini aytib o‘tmoqchi edim.

DIQQAT! Yangi rukn: Bolalik kunlarimda … 1-son 2016

DIQQAT! Yangi rukn: Bolalik kunlarimda … 1-son 2016

Aziz o‘quvchilar! Inson hayotining eng go‘zal damlaridan biri BOLALIKdir. Har bir inson irqi, millati, kasbi-koridan qat’iy nazar bolalikning rangin bog‘lariga sayr etgan. Undagi orzu-umidlar, yorug‘ xayollar katta hayot yo‘lini belgilaydi. «Bolalik kunlarimda...» deb nomlangan yangi rukn orqali mustaqil yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi zahmatkashlar, olimlar, shoir-u yozuvchilar, ustoz-murabbiylar, san’atkorlarning bolalik bilan bog‘liq fikr-u mulohazalari va quvnoq voqea-hodisalari bayon etiladi. O‘ylaymizki, ushbu ruknda beriladigan maqolalar sizlarga ma’qul bo‘ladi. Yangi sahifamizning ilk mehmoni O‘zbekiston xalq yozuvchisi, sevimli adibimiz Xudoyberdi TO‘XTABOYEV bo‘ladi.