banner3
baner 2
banner1

KIMGA QANDAY? 28-son

Bahor yomg‘ir yoqqani, Maysaga eng yoqqani. Chumoli der: – Bas, oftob, Chirog‘ingni yoq, qani...

BU QAYSI FASL? 28-son

O‘ROQ 28-son

Nimaga qiyos etding, O‘xshayman mis o‘roqqa. Gap-so‘zni qo‘y, yoz keldi, Qani ketdik o‘roqqa. Hozir xashak o‘rmasak, Zanglab chekaman azob. O‘shanda savolimga, Ne deb qilasan javob?

OMBUR 28-son

Xato qilsa bolg‘avoy, Xatosin tuzataman.

O‘ZINGSAN, IFTIXORIM! 28-son

O‘ZINGSAN, IFTIXORIM! 28-son

O‘zbekiston Vatanim, Sensan mening jon-tanim. Hur o‘lkam, hur diyorim, O‘zingsan, iftixorim. Sen borsan – yorug‘ yo‘lim, Taratib tur, nur-ziyo. O‘smoqda tog‘dek ko‘nglim, Tan oldi seni dunyo. Anabika SOBIROVA, Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi 22-umumta’lim maktabi o‘quvchisi

Tinchlikdan baxt topgan o‘zbek qiziman 10-son 2017

Tinchlikdan baxt topgan o‘zbek qiziman 10-son 2017

Oqshomlarning fayzi mayin shamoli, Tongida quyoshi hayotga chorlar. Yuksakdir bu elning baxt-u iqboli, Bu yurtda yashaydi tolei borlar. Tolei otash xalq o‘tli so‘ziman, Tinchlikdan baxt topgan o‘zbek qiziman.

ONA, QUCHOG‘INGIZ

ONA, QUCHOG‘INGIZ

Ona, quchog‘ingiz to‘ldirdi gullar, Baxt-u iqbolingiz keltirdi yillar.

BIZGA MANZUR BO‘LGAN SATRLAR 9-son 2017

BIZGA MANZUR BO‘LGAN SATRLAR 9-son 2017

Har gal ijodkor o‘quvchilarimizdan kelgan maktublarni ko‘zdan kechirganda, ularning birgina yorqin satri ko‘nglimizni ilitsa, xursand bo‘lganimizdan o‘zimizni qo‘yarga joy topolmaymiz. Bugun bizga manzur bo‘lgan o‘ynoqi satrlarni sizlarga ham ulashishni lozim topdik:

HUNAR O‘RGAN 8-son 2017

HUNAR O‘RGAN 8-son 2017

Hunarlar ko‘p dunyoda, Bir-biridan ziyoda. Yigitga koni foyda, Hunar o‘rgan.

QO‘SHNI BOLA 7-son 2017

Qo‘shni bola Ibrohim, O‘zi sho‘x, so‘zi shirin. Bir g‘alva boshlar doim, Sira bilmaydi tinim.

MENDAN OLING ANDOZA 7-son 2017

Qo‘llarimni yuvaman, Men ozoda yuraman. Sovun shunday mo‘jiza, Ko‘pirtiraman, mazza!

BIZLAR BAXTLI BO‘LAMIZ! 4-son 2017

Bizni kutar kelajak, Orzular ushalajak. Bilimlarni egallab, Uchar otni egarlab, Orzu sari yelamiz, Bizlar baxtli bo‘lamiz! Yulduz-la tillashamiz, Do‘stlashib, dillashamiz. Shodliklar ulashamiz, Mardona bellashamiz, Kuch-quvvatga to‘lamiz, Bizlar baxtli bo‘lamiz!

Serquyosh o‘lkam 49-son 2016

Viqor bilan turar tog‘larim, Mevalari asal, bog‘larim. Mehnatsevar, go‘zal qizlari, Mening o‘lkam erur serquyosh.

USTOZGA TA’ZIM 44-son 2016

USTOZGA TA’ZIM 44-son 2016

Shogirdlar yutug‘in ko‘rib quvongan, Sizdayin ulug‘ni ko‘rmadim, ustoz. Ilhom cho‘qqilarin zabt etganimda, Daldalaringizdan qildim men parvoz.

VAQT QADRI 43-son 2016

VAQT QADRI 43-son 2016

Vaqti yo‘q qiz Dilnoza, Ish qilar doim toza. O‘qishda eng a’lochi, Maktabida ovoza.

G‘ALATI SURAT 42-son 2016

G‘ALATI SURAT 42-son 2016

Farid, chizgan rasmingga Tushunmadim mutlaqo. «O‘tloq» deb nom qo‘yibsan, Maysadan yo‘q hech vaqo.

ODOBLI BOLA 41-son 2016

ODOBLI BOLA 41-son 2016

Bobojonim, bobojon, Sizni yaxshi ko‘raman. Yoningizda doim men, Odob saqlab turaman.

QUYOSH QAYDA UXLAYDI? 40-son 2016

QUYOSH QAYDA UXLAYDI? 40-son 2016

Ufqni kuzatardim, Ya’ni quyosh botishin. Lekin hamon bilmayman, Uning qayda yotishin. Oftobning yotar joyin, Aniq bilish o‘yida. Bir kun atay kechgacha, Kezdim dengiz bo‘yida.

KITOB – OFTOB 37-son 2016

Oftobga intiq bashar, Kimdir oftobsiz yashar. Kitob – oftob deyishar, Yur, oftobga chiqaylik!

ORZULAR USHALSIN 37-son 2016

ORZULAR USHALSIN 37-son 2016

Istiqlol, yo‘lingga iqbol to‘shalsin, Go‘zal satrlarga qo‘shdim nomingni. Dildagi orzular shodon ushalsin, Men doim asrayman ulug‘ nomingni.