banner3
baner 2
banner1

Sizning qizingiz 21-son 2016

Siz bizga o‘rgating faxr-iftixor, Kimning qizisan, deb so‘ranglar bir bor. Qalbim hayajonga to‘lar o‘shanda, Sizning qizingiz, deb javob berganda.

SONLAR TILGA KIRGANDA... 20-son 2016

SONLAR TILGA KIRGANDA... 20-son 2016

«Bir»ni torting burnidan, Sakrab turar o‘rnidan. * * * «Ikki»ning oyog‘i bor, Chopishga doim tayyor.

O, SHE’RIYATIM 20-son 2016

O, SHE’RIYATIM 20-son 2016

Sen mening yorug‘ quyoshim, Ham do‘stim-u, ham sirdoshim. Jonajonimsan, darddoshim, O, she’riyatim.

TA’RIFINGGA TOPOLMAYMAN SO‘Z 20-son 2016

Sen haqingda boshlasam so‘zni, Yuragimda olov yonadi. Qanchalar ko‘p ta’riflay seni, Vatan, desam ko‘nglim to‘ladi!

GULNOZA-YU DILNOZA 19-son 2016

GULNOZA-YU DILNOZA 19-son 2016

Mening ismim Dilnoza, Dugonam ham ko‘p rosa. Eng yaqini Gulnoza, Ko‘ngli juda ham toza. Dalalarga boramiz, Gullolalar teramiz. Maktabga ham har kuni, Birga borib kelamiz.

NURGA TO’LSIN BU OLAM 19-son 2016

NURGA TO’LSIN BU OLAM 19-son 2016

Men, opam, ukam, singlim, Oyim, dadam erkasi. Ular quyosh, oy bo‘lsa, Biz ular yulduzchasi. Jilmayib deydi oyim: «Vatanni sev har doim». Atrofingga sol nigoh, Vatandir ulug‘ dargoh.

SO‘Z O‘YINI — ZO‘R O‘YIN _2016_18-son

SO‘Z O‘YINI  — ZO‘R O‘YIN _2016_18-son

Dilshod RAJAB, BOLALAR SHOIRI SO‘Z O‘YINI — ZO‘R O‘YIN (TURKUM) SO‘ZBOYLOVCHI So‘z sehrli deydilar, Demak tilchi – sehrgar. «S» o‘rniga «M» qo‘ysa, «Sehr» do‘nar «mehr»ga. «A»ni olib bir zumda, «Ayoz»ni «yoz» qiladi. «Oz» oldiga «S» yozib, Ajoyib «soz» qiladi. Uchiradi «qovoq»ni, «Ari» qo‘yib yoniga. (Qovoqari) Yurgizadi «oyoq»ni, Qo‘shib «sakkiz» soniga. (Sakkizoyoq) Turli gullar ko‘p, biroq, «Karnay»ni ham «gul» qilar. (Karnaygul) Tartib bilan yuring, deb, «Yo‘l»larga «chiroq»lar. (Yo‘lchiroq) So‘zboylovchi so‘z saylab, Ko‘ngillarni xushlasin. Lekin sira ko‘z boylab, «Nay»ga «rang»ni qo‘shmasin. (Nayrang)

VATAN_2016_17-son

VATAN_2016_17-son

VATAN Vatan! Sen mening g‘ururim, faxrim, Tomirdagi qonim, iftixorimsan. Senga baxshidadir bu aziz jonim, Ka’badek muqaddas sajdagohimsan. Hayotim sururi sen bilan go‘zal, Poyingga bir umr qilaman ta’zim. Toki hayot ekansan, hayotman men ham, Onamdek mehribon, ulug‘san – xalqim. Bobolarim yotgan qutlug‘ zaminim, Muhammad Boburning yurtisan – Vatan. Zulfiya she’rlarin har bir misrasi, Bir so‘z bilan to‘lgan – bu esa Vatan! Betakrorsan, yagonasan, ona Vatanim, Qalbimning navosin senga atadim. Kindik qonim to‘kilgan aziz chamanim, Vatan! Sensan mening hayot javharim. Parizoda SHAHOBIDDINOVA, poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 97-umumta’lim maktabining 9-«V» sinf o‘quvchisi

IJODKORNING BETAKROR RANGLARI 16-son 2016

IJODKORNING BETAKROR RANGLARI 16-son 2016

Bahor tabiatni kuylatadigan fasl. Qushlarning bog‘larni to‘ldirib chug‘urlashidan tortib, daraxtlarning kundan kun yashnab borishiga qadar ijodning betakror mahsulini his etamiz. Mehnatkash chumolilarning tizilib hayot zavqiga sho‘ng‘ishi kishini chuqur o‘yga toldiradi.

QUYOSH SIZGA O‘XSHAYDI, ONA 14-son 2016

Mehringizdan yaraladi dunyolar, Allangizdan yashnab ketar sahrolar. Quvonsangiz to‘lqinlanar daryolar, Quyosh sizga o‘xshab ketar, Onajon.

BOBOMIZ BOBUR 14-son 2016

Butun olam hayratda qolgan, Adabiyot chirog‘i Bobur. Shoir va shoh, olim, tarjimon, Tarix ichra porloq gavhar, dur.

VATANIMNI KUYLAYMAN 14-son 2016

Har kuni bazm, bayram, O‘lkam juda ham ko‘rkam. Yurtboshimiz bizlarga – Yaratdilar zo‘r imkon.

QIZIQARLI FAN 13-son 2016

Matematika fani – Sayohatga boshlaydi. Uni bilmagan bola, Tezda ko‘zin yoshlaydi.

VATAN BETAKRORDIR 13-son 2016

Vatan muqaddasdir buyukdir asli, Uning tuprog‘ida zarlar unadi. Biz Navoiy hamda Temurbek nasli, Yorqin manzil sari karvon jo‘nadi.

TEMUR BOBOM 13-son 2016

Nomin tilga olsak, tanir bor jahon, Sohibqiron Temur o‘zbek o‘g‘loni. Mardligi yoshlarga o‘rnakdir har on, Tog‘larni qulatgan uning qalqoni.

KELING SUMALAKKA! 12-son 2016

Navro‘zda yashnab falak, Sog‘indik, oh, sumalak. Bug‘doylarni olinglar, Doshqozonga solinglar.

QIYSHIQ «IKKI» 11-son 2016

QIYSHIQ «IKKI» 11-son 2016

A’lochi Irodaxon, Sinfda chiroyli qiz. Darslardan «besh» oladi, Davomati doim yuz.

SIZ KO‘NGLIMNING CHIROG‘I 10-son 2016

SIZ KO‘NGLIMNING CHIROG‘I 10-son 2016

Siz mening oliy baxtim – Baxtdan yaralgan taxtim. Tildan chiqqan ilk so‘zim, Borlig‘im – onajonim. Siz ko‘zimning qarog‘i, Siz ko‘nglimning chirog‘i. Qalbda mehr bulog‘i, Azizim – mehribonim.

BOYCHECHAK 9-son 2016

Boychechagim boylanding, Ishonch berib ko‘klamga. Sen singlimga aylanding, Xush kelibsan o‘lkamga!

HAYVONOT OLAMI ALIFBOSI 8-son 2016

«G»ga Gorilla, Gibbon, Daraxtda chopar hamon. «I»ga Ilon vishillar, Uxlaganda pishillar. «J»ga Jo‘ra jo‘jasi, Tovuq uning onasi. «V»ga Vizildoq qo‘ng‘iz, Uchmaydi sira yolg‘iz.