banner3
baner 2
banner1

SERQUYOSH BO‘STONIM 49-son 2015

SERQUYOSH BO‘STONIM 49-son 2015

Vatan mening uyimdir, Vatan mening bo‘stonim. Chamanlarda ochilgan, Boychechag-u rayhonim.

BOLALARI BAXTIYOR YURT

BOLALARI BAXTIYOR YURT

Yov bosmaydi, g‘anim kelmaydi, Yomonlikni xalqi bilmaydi, Mehrin ko‘rib osmon yayraydi, Bolalari baxtiyor yurtning!

BAXTIMIZ QOMUSI 48-son 2015

BAXTIMIZ  QOMUSI 48-son 2015

Buyuk ajdodlarning Zamonlar osha Ko‘ngil tubidagi Armon – orzusi.

UCH O‘RTOQ 47-son 2015

UCH O‘RTOQ 47-son 2015

G‘iyos, Said, Abdulla do‘st, Aldamayman, gaplarim rost. Goh tortishib qolishadi, Tez yarashib olishadi.

BAXTIYOR DARAXT 44-son 2015

Bog‘lagandir otini Balki Temur Tarag‘ay?! Bil, Bu daraxt zotini O‘zbek atar QARAG‘AY

MATEMATIKA 41-son_2015

MATEMATIKA 41-son_2015

Men juda qiziqaman, Matematika faniga. O‘qib-o‘rganmoqchiman, U biliimning konida. «Bilimlar bellashuvi», Bilimimni oshirdi. Ilmlarning siridan, Meni boxabar qildi. Muxlisa ABDUMALIKOVA, Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi 8-umumta’lim maktabining 7-«A» sinf o‘quvchisi

MUSTAQIL O‘ZBEKISTON 41-son_2015

Ozod, hur, jannatmakon, Oltin-u kumushga kon, Gulga burkangan bo‘ston – Mustaqil O‘zbekiston.

CHIN BOG‘BONIM USTOZIM 40-son_2015

Ilm-u fanga mehrini qo‘shib bergan, Har bir bola chehrasida nur ko‘rgan, Kelajak-chun qalbi poyondoz bo‘lgan, Ilm koni, sizsiz suyangan tog‘im, Chin bog‘bonim, mehri daryo ustozim! Buyuklarning ustozi ham o‘zingiz, Suyuklarning ustozi ham o‘zingiz, Kamolot-chun kalit erur so‘zingiz, Asl bilim – asl gavharga konim, Chin bog‘bonim, mehri daryo ustozim! Ona kabi doim bizga parvona, Goh do‘st bo‘lsa, gohi sirdosh, dugona, Har bir so‘zi, ezgu hikmat, durdona, Hayotdagi eng qadrdon insonim, Chin bog‘bonim, mehri daryo ustozim! Anora HOJIMATOVA, Toshkent shahridagi S. H. Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning 3-bosqich o‘quvchisi

VAQT QADRI

VAQT  QADRI

Soat mili ildamlaydi, Ortga sira boqmaydi. Umr yeldek o‘tib borar, Yoshlik sira qaytmaydi.

YUKLAMA, XO‘ROZIM 2015_37-son

YUKLAMA, XO‘ROZIM  2015_37-son

YUKLAMAO‘qituvchi der kelib: – Botir, darsda uxlama. Qani, menga ayt o‘zing, Nedir asli «Yuklama»? – Kitobni g‘ijim qilsam, Oyim deydi: – Buklama, Dashnom keltirib menga, Ko‘p tashvishni yuklama!

DIL G‘UNCHASI BEZAVOL_2015_35-son

DIL G‘UNCHASI BEZAVOL_2015_35-son

Abdurahmon AKBAR (1962—2015-y.) o‘zbek bolalar she’riyatining navqiron avlodiga mansub, iste’dodli shoirlaridan biri edi. U qisqa umri davomida uzoq yillar o‘qiladigan ajoyib she’rlar yozdi, tarjimalar qildi, kitoblar chop ettirdi. Shoirning «O‘yinqaroq bulutcha», «Ehtiyotkor toshbaqa», «G‘aroyib avtobus», «So‘zlovchi yomg‘ir», «Mehribon quyosh» kabi qator kitoblari kichiklar uchun katta sovg‘a, ma’naviy mulk bo‘lib qoldi.

O‘RINLI E’TIROZ_2015_32-son

O‘RINLI E’TIROZ_2015_32-son

– Bunda bog‘lab qo‘yishga Yo‘q ekan-da joy, bolam. Birpasgina otimni, Ushlab turgin, hoy, bolam. – Qaynoq terin silkinib Sepvormasmi otingiz? – Yo‘q, bolam. – Turganimda angrayib, Tepvormasmi otingiz? – Yo‘q, bolam.

ORZULARIM OSMONIDA UCHAYAPMAN

ORZULARIM OSMONIDA UCHAYAPMAN

Hur diyorning farzandiman, baxtlidirman, Yuksaklarga bo‘y cho‘zishga haqlidirman. Quchog‘ingda quvnayapman, ona Vatan, Yaxshilardan o‘rnak olib zavqlidirman.

Nay navosi 25-26 son 2015

Nay navosi 25-26 son 2015

Bir kun qo‘shni bolakay, Urinibdi xo‘p tinmay, Pishiqqina qamishdan, Yasab oldi kichik nay.

O‘ZBEGIMNING QIZIMAN 25-26 son 2015

Go‘zallikni suyguvchi, Orzu-niyat qilguvchi, O‘rganguvchi, bilguvchi, Onam aytar so‘ziman, O‘zbegimning qiziman. Mehribon va mehnatkash, Izlanuvchan zahmatkash, Ko‘zlarda porlar otash, Dadamning yulduziman, O‘zbegimning qiziman. Dilga ezgulik solgan, El-yurt duosin olgan, G‘ayrat otiga mingan, Mahallamiz yuziman, O‘zbegimning qiziman. Barchinoy USMONOVA, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidagi 109-umumta’lim maktabi o‘quvchisi

UYIMIZNING QUYOSHI 29-son 2015

UYIMIZNING QUYOSHI 29-son 2015

Buvim yopgan kulchalar, Mazalidir bunchalar. Yayrab ketadi dilim, Buvijonim kulsalar. Uyimizning quyoshi, Ko‘pdir mehri, ziyosi. Bu dunyoda topilmas, Buvijonim qiyosi!

YURTIM 27-son 2015

Yurtim ko‘chalari obod va ko‘rkam, Ozodlik nafasi turar ufurib. Deyarli har kuni bir maskanida, Kamida bir bino turar qad urib. Osmoni musaffo, havosi toza, Quyoshi charog‘on, suvlari zilol. Chinorlari azim, xalqi mehmondo‘st, Tunlarin yoritar ko‘kdagi hilol.

OTADEK E’ZOZLI, ONADEK SUYUK 27-son 2015

Vatanim, qoshingda porlaydi quyosh, Bag‘ringda shodumon yashar keksa-yosh. Donishmand xalqing bor har so‘zi hikmat, Ezgu niyatlari o‘ziga yo‘ldosh. Menga qadrlidir har qarich yering, Kindik qonim to‘kilgan shu aziz tuproq. Yomon ko‘zdan asrasin o‘zi Ollohim, Seni ko‘rolmaslar ham bordir, biroq.

DO‘STLIK 28-son 2015

Do‘stlikning mehri bor, O‘zgacha sehri bor, Do‘stlikning gashti bor. Shodligingda quvnaydi, Seni tashlab qo‘ymaydi, Uning o‘rni erur bo‘lakcha. Do‘sti bor qarimas, Quvonchi arimas, Yashaydi yuzgacha, minggacha.

MENING KO‘NGIL DIYORIMSAN_2015_3-son

MENING KO‘NGIL DIYORIMSAN Seni olqishlagay dunyohayot bog‘bonisan, Termiz, Dilim ichra ziyo sochgan mehr ummonisan, Termiz. Kezib dilxush quchog‘ingda mislsiz bog‘-u rog‘ingda, Oqar Jayhun qarog‘ingda quyoshning konisan, Termiz. Yoshargan navbahorimsan, mening ko‘ngil diyorimsan, Mudom baxtimda borimsan, yo‘lim poyonisan, Termiz.