banner3
baner 2
banner1

TIKANLI DARAXT 30-son 2018-yil

Yakshanba kuni edi, sartarosh­xonadan kelayotsam, mahallamiz bolalari to‘planib olib, kim bilandir da’volashib turishibdi. Ba’zilarining qo‘lida tosh, ba’zilarida uzun so‘yil. Ha, astoydil. Bolalar jang holatida. Meni ajablantirgani, ular orasida sen ham bor eding. Hammalaring uch birdek kap-katta odamlarni o‘rab turardila­ring. Nariroqda kranli mashina ham ko‘rindi. Katta yoshdagilar ham qurollangan, birini qo‘lida bolta, ikkinchisining qo‘lida parrakli arra.

SIRKCHINING KUCHUGI 30-son 2018-yil

Bizning Shovotda hozir duv-duv gap: «Sirkchining raqsga tusha­digan «Gerkules» laqabli kuchugi Beshmergan qishlog‘ida yashovchi Javohir Azizovning kepkasini topib, uyiga eltib beribdi!» Bu gapga birovlar ishondi, yana birovlar esa bu to‘qima gap, deya bosh chayqaydilar.

Temurbeklar maktabi turkumidan 29-son 2018-yil

Ergash otasining dafn marosimlaridan so‘ng maktabga otlanarkan, «Sinfdoshlarim meni qanday kutib olarkin?» degan o‘y xayolidan o‘tdi. Nazarida, hammaning unga rahmi keladiganday tuyuldi. Bunday munosabat uning yarasini yangilashi aniq edi. Shuning uchun yuragi po‘killab maktab hovlisiga kirib bordi. Yo‘lakda negadir yuqoriroq sinf o‘quvchilari ham unga yo‘l berishdi.

Ombordagi mitti o‘g‘ri 28-son 2018-yil

Ombordagi mitti o‘g‘ri  28-son 2018-yil

Kunlarning birida mitti sichqoncha onasidan so‘radi: – Oyijon, uyimizda yashaydigan odamlar juda ham mehribon bo‘lishsa kerak-a? Aks holda, shuncha yaxshi narsalarni bizga qoldirishmagan bo‘lardi, to‘g‘rimi?

SOVG‘A 27-son 2018-yil

– Turaqol endi, qizim! Lobar ko‘zini ochganida, tepasida onasi jilmayib turardi. – Qani top-chi, bugun qanaqa kun?

Kitob va saltanat 27-son 2018-yil

Sinfboshi sifatida sinfingda kutubxona tashkil qilganingni eshitib, juda xursand bo‘ldim, bolam. Ammo meni bilasan-ku, boshlagan har bir ishingni sababi va maqsadini bilgim keladi. Nima bo‘lsa ham uni ko‘pchilikka ergashib qildingmi yoki biron sabab bo‘libmi, meni o‘shanisi qiziqtiradi.

KAMTARLIK 27-son 2018-yil

KAMTARLIK   27-son 2018-yil

O‘zingizni chetdan kuzatishga ancha o‘rganib qoldingizmi? Tahlillar, xulosalaringizni kundalik daftaringizga qayd qilib boryapsizmi? Agar o‘zingizga bu mashg‘ulot ma’qul kelayotgan bo‘lsa, ta’til paytida mahallangizdagi tengdoshlaringizga ham o‘rgating. Qarabsizki, mukammallikka, yaxshilikka intiluvchan yoshlar safi ortadi.

BIR TUP OLMA DARAXTI 26-son 2018-yil

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda bir devor qo‘shnilar bo‘lgan ekan.Ulardan birining ismi Frank, ikkinchisiniki Andreas ekan. Qo‘shnilar ahil-­inoq yashashar, hovlilaridan olgan meva-che­valarini baham ko‘rishar, doimo bir-birining holidan xabar olib turisharkan. Andreas bog‘ini aylanib yurib, «Qani edi bir tup olma daraxtim bo‘lsa, mevasini qo‘shnim Frankka ham berardim. Chunki uning bog‘ida olma daraxti yo‘q», deb o‘ylabdi. Shu payt Frank ham shu xayollar bilan o‘z bog‘ini aylanayotgan edi.

ONASINING ERKATOYI 26-son 2018-yil

Ba’zan odamlar og‘zidan: «U bolami, u onasining erkatoyi», degan gaplarni eshitib qolaman. Xudoga shukurki, sen unaqa emassan. Erkatoy bo‘lmasliging seni mustaqilroq ulg‘ayishingga sabab bo‘ldi. Onang kasalxonada ishlardi. Seni ayni erkalik qiladigan paytlaring edi. Buving senga qanchalik parvona bo‘lmasin, baribir onajoningni ishdan kelishini intiq bo‘lib kutarding.

HAVAS 25-son 2018-yil

Aziza bog‘cha tarbiyalanu­­vchisi. Buvisinikiga borganda Nigora opasi bilan birga dars tayyorlayotib, ruchkasiga, darsligiga havas bilan boqardi. «Qani endi mening ham bo‘yim o‘sgan sari aqlim ham o‘sib borsa. Do‘stlar orttirsam, o‘qituvchim­ning «Barakalla» degan maqtov so‘zlarini eshitib, kundaligimga «besh» baho qo‘ydirib kelsam», deb xayolidan o‘tkazardi.

DADASINI AYAGAN O‘G‘IL 25-son 2018-yil

Do‘stlik 24-son 2018-yil

Bir kuni moychechak va chuchmoma o‘zaro janjallashib qolibdi. Moychechak: – Men hammadan chiroyliman va shifobaxshman, – debdi. Chuchmoma esa: – Yo‘q, men hammadan go‘zalman, – debdi.

O‘ZBEK HAKAMI – MUTLAQ REKORDCHI 24-son 2018-yil

O‘ZBEK HAKAMI – MUTLAQ REKORDCHI  24-son 2018-yil

Quvonarlisi, bu galgi mundialda Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, dunyoning eng yaxshi referisiga beriladigan «Global Soccer Awards» sovrini g‘olibi Ravshan Ermatov ham o‘z jamoasi bilan birga muhim o‘yinlarni boshqarib boradi.

Oltin qo‘riqchisi 23-son 2018-yil

Oltin qo‘riqchisi 23-son 2018-yil

Qo‘ylarini keng qirlar yonida boqib yurgan cho‘pon bobo jonivorlarga ergashib, ancha joyga borib qoldi. Tushga yaqin qo‘ylarning issiqdan yurishi sekinlab, chekkalay boshladi. Cho‘pon bobo Vabo ovulga yetganda, biroz mizg‘ib olish uchun to‘xtadi. Shu payt sal nariroqda bir narsa oftobda yaltirab, mo‘ysafidning ko‘zini oldi. Cho‘pon bobo esa qiziqib, o‘sha joyga yaqinlashdi. Borib qarasa, oftobda yaltirab, ko‘zni qamashtira­yotgan narsa xum ekan.

DOMLA – INTERNET 23-son 2018-yil

Bolajonim, nimagadir ko‘pchilik internetni yomon ko‘radi. «Qayerdanam chiqdi bu internet deganlari, boshga bitgan balo bo‘ldi», degan gaplarni eshitib qolaman. U – yoshlarning, bolalarning tarbiyasini buzayotgan emish. Eng yomoni, internetni yo‘qotib bo‘lmasmish. Men ham bu gaplarga ishonib yurardim. Ammo tunov kungi voqeadan keyin fikrim o‘zgarib ketdi. Bunga sen sababchi bo‘lding, bilag‘on bolam. Men senga, «Televizorda intensiv bog‘lar haqida ko‘p gapirishyapti, shuni tabiyat o‘qituvchingdan so‘rab bilib kelgin, judayam bilgim kelyapti», dedim.

INSHO 21-son 2018-yil

Bugun adabiyot o‘qituvchimiz «Me­ning onam» mavzusida insho yozib kelishni tayinladi. Mavzu barchaga manzur bo‘ldi. Axir onasi haqidagi dil so‘zlarini oq qog‘ozga tushirishni kim ham istamaydi, deysiz?! Men dugonam Sarvinoz bilan inshoni birga yozishga kelishib oldim. Sinfimizdagi a’lochi, odobli qizlardan. Sarvinoz bilan bir ko‘chada turamiz.

H A SH A R 20-son 2018-yil

Sardor, Sobir, Azamat, Dilshod – sinfdoshlar. Ular yuqori sinfda o‘qiydi. Sardor hech kimga qo‘shilmaydi, o‘rtoqlaridan ajralib yuradi. Azamatning aytishicha, u doimo sinfdoshlarini xafa qilarmush. Ular yonma-yon qo‘shni bo‘lsa-da, hech birga yurmaydi.

Odamni anglash 20-son 2018-yil

Bilasanmi, nabiraginam, bu dunyoda juda ko‘p narsalarni anglash va tagiga yetish mumkindir-u, lekin inson zotini anglash qiyin-da. Xayolimda odamlar bu dunyoga faqat bir-birlarini o‘rganish, bilish uchun keladigandek.

Umidingni so‘ndirma 19-son 2018-yil

Bolajonim, hech umid degan narsa haqida jiddiyroq o‘ylab ko‘rganmisan? Aslida inson zoti borki, kattadir, kichikdir bu haqda, albatta, o‘ylashi kerak. Bekorga bu dunyoni umidli dunyo deyishmaydi. Umid o‘zi nima? Oddiygina qilib aytganda, ertangi kun.

To‘g‘ri tanlov 18-son 2018-yil

To‘g‘ri tanlov 18-son 2018-yil

Abrorjon ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynab kelgach, dars tayyorlashga o‘tirdi. Aslida, uning uy vazifalarini bajarishga sira ishtiyoqi yo‘q. Faqat ota-onasidan tanbeh eshitmaslik uchungina dars tayyorlaydi, xolos. Erinibgina misollarni yechar ekan, onasiga ko‘nglidagi gapni aytib qo‘ya qoldi: