banner3
baner 2
banner1

«SOG‘LOM BOLA BUYUK ISHLARGA QODIR» 35-son 2016

«SOG‘LOM BOLA BUYUK ISHLARGA QODIR» 35-son 2016

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va respublikamizdagi barcha viloyatlar «Barkamol avlod» bolalar markazi to‘ga­rak­lari a’zolaridan iborat eng iqtidorli 28 nafar yosh ixtirochi qatnashdi.

DARGOHIMIZ YUKSAK, ULUG‘VOR, USTOZLARNING ILMI BIZGA YOR!_2016_18-son

DARGOHIMIZ YUKSAK, ULUG‘VOR, USTOZLARNING ILMI BIZGA YOR!_2016_18-son

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanidagi 2-umumta’lim maktabida bugungi kunda 56 nafar pedagog 836 nafar o‘quvchiga bilim berib kelmoqda. Ta’lim maskani estetik fanlar yo‘nalishi bo‘yicha viloyatda «Mahorat maktabi» hisoblanadi. Ushbu dargoh tumanda axborot kommunikatsion texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha tayanch maktabi, «Oila-mahalla-ta’lim muassasasi» hamkorligi konsepsiyasi bo‘yicha namunali o‘quv maskani sanaladi.

YOSH MATEMATIK_2016_17-son

YOSH MATEMATIK Muslimbek Abdujabborov Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 47-umumta’lim maktabi o‘quvchisi. Hozirda 7-sinfda ta’lim olayotgan tengdoshingiz namunali xulqi va fanlarni o‘zlashtirishda faolligi bois surati «A’lochilar taxtasi»ga qo‘yilgan. Muslimbek matematika fanidan turli tanlovlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan «Bilimlar bellashuvi»ning tuman bosqichida yana 1-o‘rinni egalladi. – Har bir darsni tashkillashtirish o‘qituvchi­dan yuksak mahorat talab etadi. Ayniqsa, sinfda o‘ta ziyrak va talabchan o‘quvchilar bo‘lsa, bu pedagog zimmasiga ikki karra mas’uliyat yuklaydi, – deydi matematika fani o‘qituvchisi Vohidjon Sariboyev. – Muslimbek ana shunday o‘quvchilarimdan. Masala va tenglamani yechishning ikki xil usulini bir vaqtning o‘zida o‘zlashtirishga harakat qiladi. U kelajakda xalqaro olimpiadalarda qatnashishni orzu qiladi. Muslimbek elektron kutubxonadan foydalanishni o‘rganib olgan. Kelgusida malakali dasturchi bo‘lishni niyat qilgan qahramonimiz ustozi Sardorbek akadan informatika saboqlarini chuqur o‘zlashtirib kelmoqda. Yosh iste’dod egasining barcha orzulari amalga oshishi shubhasiz, chunki serg‘ayrat odamlarga omad hamisha yor bo‘ladi. NURBEK

KITOBLAR FESTIVALI 10-son 2016

«Sog‘lom ona va bola» yili munosabati bilan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, kutubxonaga o‘quvchilarni yanada kengroq jalb etish maqsadida Marg‘ilon shahridagi 1-umumta’lim maktabi axborot resurs markazida «Kitobxonlar festivali» o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar Prezidentimizning «Ona yurtimiz baxt-u iqboli yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir» nomli asari taqdimotida qatnashdilar. So‘zga chiqqanlar asarning mazmun-mohiyati, unda mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan tarixiy yo‘li teran tahlil qilinganligini bayon etdilar. Festival davomida «Kitobxon oila» nominatsiyasida g‘oliblikni matemati¬ka o‘qituvchisi Dilxumor Toshmatova, «Eng yaxshi kitobxon» nominatsiya¬si bo‘yicha 6-«A» sinf o‘quvchisi Fozila Ne’matjonova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 7-«A» sinf o‘quvchisi N. Rahma¬tullayeva «Men sevgan ertak qahramoni» mavzusidagi rasmlar tanlovi g‘olibasi bo‘lishga erishdi. Muhammadjon MAHMUDOV, Marg‘ilon shahri