banner3
baner 2
banner1

ENG KATTA SOVG‘A – KITOB 4-son 2017

ENG KATTA SOVG‘A – KITOB 4-son 2017

Kitob mening do‘stimsan, Har sahifang bir olam. Hikoyalaring o‘qib, Zerikmayman sira ham.

MUSAVVIR QIZ MUNISA 3-son 2017

MUSAVVIR QIZ MUNISA 3-son 2017

Bugungi mehmonimiz poytaxtimizdagi O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 3-«A» sinf o‘quvchisi Munisa Yoqubjonova bo‘ladi. Buvisining aytishicha, Munisa 3 – 4 yoshlaridanoq qo‘liga qalam olib, ajabtovur suratlar chiza boshlagan. Qizchadagi alohida iqtidorni erta ilg‘agan oila a’zolari unga rangli qalamlar, bo‘yoq va albom, bo‘yaladigan suratli kitobchalar keltirib, uni muntazam rag‘batlantirib borishgan.

G‘OLIBA 37-son 2016

G‘OLIBA 37-son 2016

«Tong yulduzi»ning eng faol muxlislaridan biri bo‘lgan Sarvaroy NE’MATILLAYEVA Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 3-umumta’lim maktabining 5-«G» sinfida o‘qiydi. U gazetamizda e’lon qilinayotgan barcha tanlovlarning faol ishtirokchisi.

HAR SOHADA ILG‘OR QIZ 21-son 2016

Sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan tengdoshingiz Mohidil G‘afurova Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi 31-umum­ta’lim maktabining 8-«B» sinfida a’lo baholarga o‘qiydi.

“TONG YULDUZI” A’LOCHILARI 15-son 2016

“TONG YULDUZI” A’LOCHILARI 15-son 2016

Bolajonlar, siz bilan «A’lochilar sahifasi»da uchrashib turganimizdan mamnunmiz. 3-chorakni tugatib, 4-chorak sari dadil odimlab bormoqdasiz. Bu chorak eng qisqasi bo‘lib, bu oraliqda barcha fanlarni a’lo bahoga o‘qishingiz barobarida imtihonlarga ham tayyorlanishingiz lozim. Bu borada sizlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Keling, endi gazetamizning navbatdagi a’lochilari bilan tanishishda davom etamiz:

«QAYNAR BULOQCHA» 7-son 2016

Tengdoshingiz Madinabonu Boyqobilovaga u qatnashadigan to‘garak rahbari, bolalarning sevimli shoiri Turdi Haydar ana shunday ta’rif bergan. Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 5-umumta’lim maktabining 5-«B» sinfida tahsil olayotgan tabiatan tirishqoq bo‘lgan bu qizaloq, darslardan bo‘sh vaqtlarida viloyatdagi «Kamolot» yoshlar markazining she’rxonlik to‘garagiga qatnarkan.

NAVOIYDAN YO‘LLANGAN SALOM 7-son 2016

NAVOIYDAN YO‘LLANGAN SALOM 7-son 2016

Navoiylik muxlisimiz Sitora Napasova Zarafshon shahridagi 12-umumta’lim maktabida o‘qiydi. U yozgan she’rlari, maqolalari bilan sizga juda yaxshi tanish. Sitora o‘z she’rlarida Vatan, ona madhini jo‘shib kuylaydi, maktabda o‘tkazilgan tadbirlar, turli uchrashuvlar uning nazaridan chetda qolmaydi. Uning bundan keyin ham biz bilan ijodiy hamkorlik qilishiga ishonamiz.

Diqqat! Yangi rukn: “Tong yulduzi” a’lochilari 3-son 2016

Diqqat! Yangi rukn: “Tong yulduzi” a’lochilari 3-son 2016

Maktabda hamma ishlarda faol, barcha fanlarni «a’lo» baholarga o‘qiydigan tengdoshlaringizga «A’lochilar», deya nisbat beriladi. Bu tirishqoq, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan o‘quvchilarning rasmlari «A'lochilar taxtasi»ga ilinganida, ko‘pchilik ularga havas bilan qaraydi. Bilasizmi, gazetamizning ham ana shunday a'lochilari bor. Ular har safar bizga erishayotgan muvaffaqiyatlari-yu, ro‘y berayotgan yangiliklar haqida to‘lib-toshib maktub yo‘llashadi. Bunday faol o‘quvchilarimiz juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu bois, Gazetamizda «Tong yulduzi» a’lochilari» ruknini tashkil etdik.