banner3
baner 2
banner1

Shaxmat – shohlar o‘yini 30-son 2018-yil

Shaxmat Vatani Hindiston ekani ko‘pchilikka ma’lum. Markaziy Osiyoda bu o‘yin «shatranj» nomi bilan IV–V asrlarda paydo bo‘lgan.

Osiyo chempionatidan muvaffaqiyat ila qaytishdi 30-son 2018-yil

7–15-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada shaxmatchilar standart, rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha bellashishdi. Unda qit’amizning 15 mamlakatidan tezkor shaxmat yo‘nalishida 422 nafar, blits yo‘nalishida 443 nafar, standart yo‘nalishida 454 nafar yosh aql idrok sohiblari ishtirok etdi.

Asrorjon Tojikistonda bo‘ldi 29-son 2018-yil

Farg‘ona viloyati, Furqat tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 9-sinfini tamomlagan Asrorjon O‘rinov joriy yilda Tojikistonning Istiqlol shahrida o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionatida 46 kg vaznlilar o‘rtasida tengsiz ekanligini isbotlab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Poytaxtlik sportchilar 7 ta medalni qo‘lga kiritdi 28-son 2018-yil

Poytaxtlik sportchilar  7 ta medalni qo‘lga kiritdi   28-son 2018-yil

O‘ZBEK FARZANDLARI dunyoga dovrug‘ soldi 27-son 2018-yil

Mamlakatimiz shaxmat maktabi vakillari xalqaro arenalarda doim o‘z so‘zini aytib kelgan. Rustam Qosimjonov, Nafisa Mo‘minova, Hulkar Tohirjonova, Nodirbek Abdusattorov kabi nomlarni bugun nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda hurmat bilan tilga olishadi, ularning murosasiz o‘yinlarini katta qiziqish bilan kuzatib boradi.

BOBOMGA HAVAS QILIB, ShU KASBNI TANLAGANMAN 26-son 2018-yil

BOBOMGA HAVAS QILIB, ShU KASBNI TANLAGANMAN   26-son 2018-yil

Bugungi suhbatdoshimizni sportchi yoshlar juda yaxshi tanishadi. Sardor RAHIMOV – «Sport» telekanali orqali efirga uzatiladigan boks, kurash, dzyudo, basketbol, xokkey, voleybol, taekvando, karate va futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalarni tomoshabop tarzda sharhlab boradi. Ular bilan sevimli kasbi, qiziqishlari hamda kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdik.

Jarima, zarba, gol – Bu siz sevgan futbol 25-son 2018-yil

Jarima, zarba, gol –  Bu siz sevgan futbol  25-son 2018-yil

Salom, qadrli millionlar o‘yini muxlislari-yu yosh futbolchilar! Bugun sizga futbolga oid qiziqarli bir ma’lumotni yetkazmoqchimiz.

Bekni mag‘lub etgan bektemir 25-son 2018-yil

Bekni mag‘lub etgan bektemir 25-son 2018-yil

O‘tgan hafta Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida boks bo‘yicha «Prezident kubogi» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik musobaqada dunyoning 15 ta davlatidan jami 162 nafar mohir charmqo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.

Chempionlar yana maydonda 24-son 2018-yil

Gazetamizning o‘tgan sonlarida futbol bo‘yicha Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh charmto‘p ustalarimizning olamshumul g‘alabasiga bag‘ishlab maqola chop etgan edik.

ODIL AHMEDOV – BOLAJONLAR DAVRASIDA 23-son 2018-yil

Kuni kecha ushbu mohir futbolchi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Namangan viloyatidagi 29- va 9-maktabgacha ta’lim muassasalarida mehmon bo‘ldi. Terma jamoamiz yarim himoyachisining ushbu tashrifi jajji bolajonlar qalbiga bir olam quvonch ulashdi.

SPORTChILARIMIZ G‘ALABASI 22-son 2018-yil

SPORTChILARIMIZ G‘ALABASI  22-son 2018-yil

Armaniston poytaxti Yerevan shahrida ilk bor Ararat kubogi o‘tkazildi. Musobaqa doirasida jahon an’anaviy Karate-do Federatsiyasi Prezidenti, 8 DAN qora belbog‘ sohibi Vladimir Kvichinskiy tomonidan 3 kunlik o‘quv-seminari o‘tkazildi.

KIMDA BO‘LSA IQTIDOR, BAXT-U IQBOL UNGA YOR... 22-son 2018-yil

KIMDA BO‘LSA IQTIDOR,  BAXT-U IQBOL UNGA YOR...  22-son 2018-yil

Bu maqolni bejiz keltirmadik. Iqtidor – insonning qanoti, u odamni yuksaklarga ko‘ta­rib, orzular sari eltadi. Bugun oralaringizda iste’dodli o‘g‘il-qizlar shu qadar ko‘pki, ularning qay biri haqida yozishni ham bilmay qolamiz.

SPORTIMIZ UMIDLARI 20-son 2018-yil

SPORTIMIZ UMIDLARI   20-son 2018-yil

Muaytaychilar g‘alabasi 20-son 2018-yil

Muaytaychilar g‘alabasi 20-son 2018-yil

Mazkur musobaqada Buxoro viloyati, Olot tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilaridan Dilshoda Sodiqova 45 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Gulsun Sanayeva 51 kg va Javohir Jo‘rayev 71 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Asilbek Xudoyberdiyev, Nargiza Oripova, Rohat ibodova, Mashhura Yangiyeva va Bonu Qamarova o‘z vazn toifasida 2- va 3-o‘rinlarni zabt etishdi.

CHEMPIONLAR YURTGA QAYTDI 19-son 2018-yil

CHEMPIONLAR YURTGA QAYTDI  19-son 2018-yil

Gazetamizning o‘tgan sonida Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. Kuni kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ushbu nufuzli sport bayramida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytgan bokschilarimizni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

SAMARQANDDAN YANGI MUJDA 18-son 2018-yil

SAMARQANDDAN  YANGI MUJDA  18-son 2018-yil

Ijobat opa ham bu o‘quvchisidagi inti­lishni ko‘rib, undan umidi kattaligini bot-bot takrorlaydi. Ustozning mehnatlari o‘z samarasini berib, Ozoda rus tili fanidan «Bilimlar bellashuvi»ning viloyat bosqichida faxrli o‘rinni egalladi. Bundan esa, albatta, Ijobat muallima juda mamnun bo‘ldi.

BESH NAFAR BOKSCHIMIZ FINALDA 18-son 2018-yil

Shu kunlarda Tailandning Bangkok shahrida nufuzli musobaqa – boks bo‘yicha 2000–2001-yillarda tug‘ilgan yosh yigit-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, ushbu yirik turnirda o‘zbek charmqo‘lqop ustalari ham munosib ishtirok etmoqda.

YOSHLAR JAHON MAYDONIDA 17-son 2018-yil

YOSHLAR JAHON MAYDONIDA 17-son 2018-yil

Aprel oyining o‘rtalarida olis Tunis mamlakatida taekvando bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, yakunda bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

KUCHLILAR SARALANMOQDA 16-son 2018-yil

KUCHLILAR SARALANMOQDA  16-son 2018-yil

Shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktabida 7–17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi. Unda O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov so‘zga chiqib, bo‘lajak chempionlarga omad tiladi.

TAYLOQNING IQTIDORLI YOSHLARI 16-son 2018-yil

Bugun sizlarni ko‘hna Samarqand viloyatining Tayloq tumanidagi 14-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan yaqindan tanishtirmoqchimiz.