banner3
baner 2
banner1

HAR BIR SURATI BIR dunyo 50-son 2015

HAR BIR SURATI BIR dunyo 50-son 2015

Insonning hayotida eslashga arzigulik voqealar, o‘ylagani sari qalbi yolqinlanaveradigan quvonchli kunlar ko‘p bo‘ladi. Agar bunday farahbaxsh kunlarni suratkash tarixga muhrlab qo‘ygan bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur.

KEKSALAR E’ZOZDA 49-son 2015

KEKSALAR E’ZOZDA 49-son 2015

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 20-umumta’lim maktabida «Keksalarni e’zozlash yili»ga bag‘ishlab, «Maktabim — faxrim mening» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

BOR BO‘LING, BOBO-YU BUVIJONLAR! 43-son 2015

BOR BO‘LING,  BOBO-YU BUVIJONLAR! 43-son 2015

«Qarisi bor uyning parisi bor», degan naql bor. Uyimizning ko‘rki, fayz-u barakasi, duogo‘ylari bo‘lmish bobo-yu buvijonlarimizni har qancha e’zozlasak, qadrlasak arziydi.

KEKSALARGA EHTIROM 2015_38-son

KEKSALARGA EHTIROM 2015_38-son

Yulduz Yusupova Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanidagi 68-umumta’lim maktabining 6-«V» sinf o‘quvchisi. Tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishi uni maktabda tashkil etilgan «Nafis san’at» to‘garagiga yetakladi. To‘garak rahbari Muzaffar Begmatovdan tasviriy san’atning sir-sinoatlarini o‘rganib kelmoqda.

KUTUBXONA YARATGAN BOBO _2015_34-son

KUTUBXONA YARATGAN BOBO _2015_34-son

Xalqimizda «Qarisi bor uyning parisi bor» degan naql bor. Mahallada qancha nuroniy bo‘lsa, o‘sha mahalla nurli, fayzli bo‘lishi tayin. Boisi, har bir oila to‘y yoki biror tadbir o‘tkazmoqchi bo‘lsa, albatta, bir ko‘chada yashaydigan biror yoshi ulug‘ keksadan maslahat oladi.

MAHALLADA UCHRASHUV_2015_33-SON

MAHALLADA UCHRASHUV_2015_33-SON

2015-yil – Keksalarni e’zozlash yili Kuni kecha poytaxtning «O‘zbekiston mustaqilligi» mahallasida jizzaxlik adib G‘ulom Jo‘ra mehmon bo‘ldi. U mahallaning sport majmuasidagi bolalar dam olish maskanida yosh kitobxonlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Adibning ilmiy izlanishlari fizika va astronomiya fanlariga bog‘liq qiziqarli hikoyalari, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasining o‘ziga xos tarixi haqidagi suhbati bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yoshlar olimning «Gul ifori», «Tuyg‘ularim» to‘plamlaridan joy olgan she’rlarini maroq bilan tingladilar. Ayniqsa, muallifning «Turonlik Sohibqiron Amir Temur» dostoni o‘quvchilar tomonidan qizg‘in kutib olindi. Ajdodlarimizning nafaqat yurtimizda, balki dunyoning turli burchaklarida ham ulkan bunyodkorlik ishlarini olib borganlarini aniq misollar orqali bilib oldilar. Bolalarning yozgi ta’til kunlarida mahallada bo‘lib o‘tgan bunday qiziqarli uchrashuv va suhbatlar ularning qalbida bir umrlik yorqin iz qoldirsa, ajabmas. Feruza RAZZOQOVA

NURLI MANZILLAR (Safarnoma)_2015_32-son

NURLI MANZILLAR (Safarnoma)_2015_32-son

Yaqinda Navoiy viloyatiga yo‘lim tushdi. Odatdagiday safar oldidan hamkasblar bilan qaysi transportda borganim ma’qulligi borasida maslahat¬lashdik. Anchadan buyon poyezdga chiqmaganim uchun «Sharq» poyezdida borishga qaror qildim. Ichkari shinam, ozoda. O‘rindiqlar xuddi samolyot¬nikidek ko‘zni quvnatadi. Barcha o‘rindiqlar yo‘lovchilar bilan band. Mening yonimdagi o‘rindiqdan nuroniygina otaxon joy olibdi. Salom-alik qilib joyimga o‘rnashdim. – Yo‘l bo‘lsin, otaxon? – dedim o‘rindiqqa yaxshilab o‘rnashib olar¬kanman. – Uyga, – dedi hamrohim sharbat quyib uzatarkan. – Nabiramga va’da beruvdim yozda Toshkentga olib bora¬man, deb. O‘zim fermerman. G‘allani yig‘ib oldik. Bu yil hosil mo‘l bo‘ldi. G‘alla ekkan borki, ombori dondan to‘lib-toshdi. Nabiram esa bu ishlarda eng yaqin yordamchim. Otaxon ro‘paramizda o‘tirgan, ko‘zlari chaqnab turgan bolaga ishora qildi. – Bu yil 8-sinfga o‘tdi. Ta’tilga chiqqandan beri tong saharlab men bilan dalaga chiqadi. Hoy, toliqib qolasan, damingni ol, deganimga quloq solmaydi. Ayni chog‘da ishimiz sal yengillashgani uchun bir ay¬lantirib kelay dedim. O‘tgan hafta g‘o‘zalarni ham chil¬pib bo‘ldik. Bu yil nasib bo‘lsa paxtayam zo‘r bo‘ladi. Chilpish nima ekanligini bilsam ham yigitcha bilan gaplashgim keldi.

Yetmish yoshli sobiq sinfdoshlar 23-son 2015

Yetmish yoshli sobiq sinfdoshlar 23-son 2015

Yetmish yoshli sobiq sinfdoshlar bugungi kun o‘quvchisiga havas bilan qarashadi Sinfxonalar... Partalarni to‘ldirib o‘tirgan palaponlar bugun har manzilga uchirma qushday parvoz qilishadi. Bolalikning beg‘ubor damlari kechgan qadrdon maskanni tark etish naqadar qiyin...

BUVIMDAN O‘RGANGANLARIM 30-son 2015

BUVIMDAN O‘RGANGANLARIM 30-son 2015

Bir kuni tongda eshik qo‘ng‘irog‘idan uyg‘onib ketdim. Yozgi ta’til bo‘lganligi bois, mazza qilib uxlayotgandim. Qarasam, eshikdan buvim kirib kelyaptilar. Quvonganimdan chapak chalib yuboribman. Buvim biznikida mehmon bo‘lib qolishlarini aytganlarida-ku, singlim ikkimiz endi mazza qilamiz, buvimni shahar aylantirishga olib chiqamiz, deb rejalar tuzib qo‘ydik.

MAHALLADA ZO‘R PALLA_2015_4-son

MAHALLADA  ZO‘R  PALLA_2015_4-son

Poytaxtimizdagi Uchtepa tumani «O‘tkir» nomli mahallasi shahrimizdagi eng namunali maskanlardan biridir. Oila — Maktab — Mahalla hamkorligi konsepsiyasi doirasida ko‘pgina xayrli ishlarni amalga oshirib kelayotgan mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari navbatdagi tadbirning qiziqarli o‘tishida astoydil harakat qilishdi.