banner3
baner 2
banner1

«KIM KO‘P KITOB O‘QIYDI?» Respublika an’anaviy tanloviga marhamat

«KIM KO‘P KITOB

O‘QIYDI?»

Respublika an’anaviy tanloviga marhamat!

        Aziz o‘quvchilar! «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, «Kamalak» Respublika bolalar tashkiloti hamda O‘zbe­kiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarining «Tong yulduzi» gazetasi hamkorligida «Kim ko‘p kitob o‘qiydi?» Respublika an’anaviy tanlovini e’lon qilamiz.

Tanlov shartlari quyida­gicha:

Ishtirokchilarning surati, o‘qigan badiiy kitoblari ro‘yxati, maktabdagi eng yaxshi kitobxon o‘quvchi ekanligini tasdiqlovchi maktab direktori va sinf rahbarining tavsifnomasi «Tong yulduzi» gazetasi tahririyatiga yuboriladi.

Maktubingizda telefon raqamingizni ko‘rsatishni unutmang.

Tanlov 1-sentyabr – Mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida yakunlanadi.

Tanlovda faol ishtirok eting va eng ko‘p kitob o‘qiydigan o‘quvchi nomiga sazovor bo‘ling.

Maktublaringizni quyidagi manzilga jo‘na­tishingiz mumkin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 30-uy. Indeks – 100011 Telefon/faks: 244-63-08. E-mail: info@tongyulduzi.uz

23.01.2017