banner3
baner 2
banner1

SABOLARNI O‘YNATIB, NAVRO‘Z KELDI YURTIMGA! 12-son 2018-yil

SABOLARNI O‘YNATIB,

  NAVRO‘Z KELDI YURTIMGA!

Nihollarni uyg‘otib,

Ezgu hislar uyg‘otib,

Sabolarni uyg‘otib,

Navro‘z keldi yurtimga!

 

Turnalar aylar parvoz,

Tirik jon topar e’zoz,

Borliqqa berib pardoz,

Navro‘z keldi yurtimga!

 

Quyosh chiqdi charaqlab,

Yil kitobin varaqlab,

Yomg‘irdan so‘ng yaraqlab,

Navro‘z keldi yurtimga!

 

Shohruh QODIROV

24.03.2018