banner3
baner 2
banner1

«ONAJONIM TABIAT» insholar va rasmlar tanloviga marhamat! 14-son 2018-yil

«Onajonim tabiat»

insholar va rasmlar tanloviga marhamat!

Jonajon yurtimiz tabiati, atrof-muhit, yer va suv resurslarini muhofaza qilish, ekologiyani yaxshilash kabi ezgu ishlarda Siz aziz o‘quvchilar faolligini oshirish, ekologik ta’lim-tarbiyani shakllantirish, shu bilan birga, yoshlar qalbida ona tabiatga yanada mehr uyg‘otish maqsadida:

O‘zbekiston Ekologik harakati, O‘zbe­kiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarning «Tong yulduzi» gazetasi hamkorligida «Onajonim tabiat» an’anaviy insholar va rasmlar tanlovini o‘tkazadi. Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

1. O‘zingiz yashab turgan mahalla, qishloq, tuman, shahar tabiati, ekologik muammolari hamda ularni bartaraf qilishga doir fikr-mulohazalaringiz asosida insho, mavzuga oid chizilgan rasmlar (insholar hajmi 3 qog‘ozdan oshmasligi lozim).

2. Siz tahsil olayotgan maktab qoshidagi «Yosh tabiatshunoslar» to‘garagi faoliyati haqida qisqacha ma’lumot.

Qadrli tabiatsevar o‘g‘il-qizlar! Tanlovda faol ishtirok etishga shoshiling. Ijodiy ishlaringizni 2018-yilning 15-may sanasiga qadar quyidagi manzilga yo‘llang:

Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30 uy. Indeks: 100011

e-mail: info@tong yulduzi.uz.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon, faks: (0-371) 244-63-08

 

«Onajonim tabiat insholar va rasmlar tanloviga» deb yozishni hamda siz bilan bog‘lanish uchun telefon raqamingizni ko‘rsatishni unutmang.

G‘oliblar diplom va homiy tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

24.04.2018