banner3
baner 2
banner1

O‘ZBEK FUTBOLCHILARI – JAHON CHEMPIONI 21-son 2018-yil

O‘ZBEK FUTBOLCHILARI – JAHON CHEMPIONI

Rossiyaning Moskva shahri mezbonligida o‘tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon chempionati nihoyasiga yetdi.

Quvonarlisi, 14-17 yoshlilar o‘rtasida tashkillashtirilgan nufuzli musobaqada yosh charmto‘p ustalarimiz ko‘tarinki ruhda ishtirok etib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Jamshid Asadov shogirdlari finalgacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lda Pokiston, Rossiya, Nepal hamda Burundi terma jamoalarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, o‘zlariga bildirilgan ishonchni to‘la oqladi.

Final uchrashuvida o‘zbekistonlik futbolchilar ikkinchi bor pokistonlik raqiblariga qarshi to‘p surdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida durang (1:1) natija qayd etilgach, hakam futbolchilarni penaltilarga taklif etdi. «Lotoreya» bahsida omad hamyurtlarimizga kulib boqdi.

– Musobaqa murosasiz tarzda o‘tdi. Shunday bo‘lsa-da, o‘zbek futboli muxlislariga quvonch ulashganimizdan xursandmiz, – deydi terma jamoamiz a’zosi Jahongir Ochilov.

Jahon chempionlari 18-may kuni Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tantanali tarzda kutib olindi.

21.05.2018