banner3
baner 2
banner1

«Onajonim tabiat» insholar va rasmlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi 24-son 2018-yil

«Onajonim tabiat»

insholar va rasmlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Aziz gazetxon o‘quvchilar! Xabaringiz bor, «Tong yulduzi» gazetasi­ning 2018-yil 2-aprel sonida O‘zbekis­ton Ekologik harakati, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda «Tong yulduzi» gazetasi bilan hamkorlikda an’anaviy «Onajonim tabiat» insholar va rasmlar tanlovini e’lon qilgan edik.

Tanlovning ahamiyatli jihati shundaki, unda ishtirok eta­yotgan o‘quvchilar soni yildan yilga ortib bormoqda. Chunki siz ona tabiatga, atrof-muhitga bee'tibor emassiz. Bu esa sizning yutug‘ingizdir.

 Navbatdagi tanlov doirasida ham sizdan ko‘plab maktublar oldik. Har bir ijodiy ishingizda tabiatni sevishingizni, uning har bir giyohi, o‘t-o‘lani-yu zilol suvlari siz uchun azizligini va ularni asrab-avaylash burchingiz ekanligini ta’kidlagansiz.

Biz tahririyat xodimlari g‘olib o‘quvchilarni tabriklagan holda g‘olib bo‘lolmagan ishtirokchilarimizga «Aslo bo‘sh kelmang», degimiz keladi. Yanada ko‘proq izlanib, navbatdagi tanlovlarimizda ham faol bo‘lishingizga va albatta, g‘oliblar safidan joy olishingizga ishonamiz.

Yaqinda poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida «Onajonim tabiat» insholar va rasmlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

RASMLAR BO‘YICHA G‘OLIB BO‘LGAN O‘QUVCHILAR RO‘YXATI:

 

 1-o‘rin –

Shahina SUVONOVA, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 25-Bolalar musiqa va san’at maktabining 5-sinf o‘quvchisi;

 

2-o‘rin –

Laylo BEGIYEVA, Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi 10-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi;

 

3-o‘rin –

Zakiya QOSIMJONOVA, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 23-Bolalar musiqa va san’at maktabining 2-sinf o‘quvchisi;

 

4-o‘rin –

Davronbek NORBOYEV, Jizzax viloyat ixtisoslashtirilgan  san’at maktab-internatining 8-«A» sinf o‘quvchisi;

 

5-o‘rin –

Nafisa TOSHPO‘LATOVA, Toshkent viloyati, Chinoz tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 8-«A» sinf o‘quvchisi.

 

INSHOLAR BO‘YICHA G‘OLIBLAR:

 

1-o‘rin –

Dilshodbek KARIMOV, Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 17-umumta’lim maktabining 6-«A» sinf o‘quvchisi;

 

2-o‘rin –

Zebo JO‘RAQULOVA, Jizzax shahridagi 12-umumta’lim maktabining 3-«B» sinf o‘quvchisi;

 

3-o‘rin –

Madina TURSUNBOYEVA, Toshkent shahar, Shay­xontohur tumanidagi ­59-DIUMning 3-«F» sinf o‘quvchisi;

 

4-o‘rin –

Sahibjamal KARAMATDINOVA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tumanidagi 11-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi;

 

 5-o‘rin –

Dilnura SAILXONOVA, Xorazm viloyati, Hazorasp tumanidagi 10-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi.

12.06.2018