banner3
baner 2
banner1

«Kim ko‘p kitob o‘qiydi?» Respublika an’anaviy tanloviga marhamat! 25-son 2018-yil

«Kim ko‘p kitob o‘qiydi?»

Respublika an’anaviy tanloviga marhamat!

Aziz o‘quvchilar!

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarining «Tong yulduzi» gazetasi hamkorligida «Kim ko‘p kitob o‘qiydi?» Respublika an’anaviy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov shartlari quyidagicha:

Ishtirokchining surati, o‘qigan badiiy kitoblari ro‘yxati hamda mutolaa qilgan asari yuzasidan fikr-mulohazalari, maktabdagi eng yaxshi kitobxon o‘quvchi ekanligini tasdiqlovchi maktab direktori yoki sinf rahbarining tavsifnomasi «Tong yulduzi» gazetasiga yuboriladi.

Maktubingizda telefon raqamingizni ko‘rsatishni unutmang.

G‘oliblar shu yil 1-oktabr – O‘qituv­chi va murabbiylar kuni arafasida aniqlanadi. Va faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Siz ham tanlovda faol ishtirok eting va eng ko‘p kitob o‘qiydigan o‘quvchiga aylaning.

Maktublaringizni quyidagi manzilga jo‘nating: Toshkent shahri,

Navoiy ko‘chasi, 30-uy. Indeks – 100011.

Telefon/faks: (0-371) 244-63-08. E-mail: info@tongyulduzi.uz

19.06.2018