banner3
baner 2
banner1

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarning “Tong yulduzi” gazetasi haqida
ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarning “Tong yulduzi” gazetasi 1929 yil 1 avgustdan chiqa boshlagan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi  2017 yil 11 avgust farmoniga  binoan “Tong yulduzi” gazetasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga to’liq o’tkazildi.
Muassis: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi.
Tili: O‘zbek
Bosh muharrir: Adilova Feruza Soyibjonovna
Ixtisoslashuvi: Bolalar va o‘smirlar uchun ijtimoiy- siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy
Davriyligi: Haftada bir marta
Mulkiy shakli: Davlat
Hajmi: A-3 format, 8 sahifa   
Adadi:  74. 000 Indeks: 198
Tarqatilishi: Matbuot tarqatuvchi хамда МЧЖ орқали
Gazeta “O‘zbekiston” NMIU da chop etiladi.
2018 yilga bir yillik obuna narhi  30.000 so‘m belgilangan (Toshkent shahrida)
Gazetaning maqsad va vazifalari:
- Yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida do‘stlik, insoniylik, mehr- muhabbat, saxiylik singari ezgu tuyg‘ularni targ‘ib qilish.
Gazeta Respublika bolalari va o‘smirlarini barkamol shaxs qilib voyaga yetkazish, hayotga tayyorlash, dunyoqarashini kengaytirishda birinchi murabbiy vazifasini o‘taydi.
Bolalar va o‘smirlar hayotiga oid yangiliklar, maqolalar, xabar va lavhalar yoritib boriladi. Maktab, litseylar, kollej va bolalar muassasalarida olib borilayotgan ibratli ishlar targ‘ib qilinadi, shuningdek, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va muammolar tahlil qilinadi:
Bolalar yozuvchilari, shoirlarining ijodlaridan namunalar, shuningdek, qiziqarli boshqotirmalar, jumboqli savollar berib boriladi.
Bundan tashqari internet tarmog‘idan bolalar uchun qiziqarli, quvnoq ma'lumotlar yoritiladi.
Mablag‘ bilan ta'minlash va moddiy-texnika ta'minoti:
a) obunadan tushgan mablag‘
b) 2017 yil 17avgustdagi  O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining “O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi  faoliyatini yanada takomillashtirish  to’g’risida”gi Qaroriga
binoan gazetaning nashr etish bilan bog’liq xarajatlarining o’z daromadlari  bilan ta’minlanmagan qismi O’zbekiston Respublikasi  Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

                 Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy,
                   Tel 244-63-08;      Faks 244-63-08