banner3
baner 2
banner1

Tabiatni asraylik, do‘stlar! 19-son 2018-yil

Tabiatni asraylik, do‘stlar!

Yashash uchun yaratdi bizlarga imkon,

Qadriga yetaylik har bitta inson.

Xiyonat qilmaylik unga hech qachon,

Keling, tabiatni asraylik, do‘stlar.

 

Har bitta boylikning nihoyasi bor,

Qadriga yetishni unutmang zinhor.

Isrof etilmasin, bizga yor ular,

Keling, tabiatni asraylik, do‘stlar.

 

Tabiiy gazimiz-u, zilol suvimiz,

Elektr tokini saqlash burchimiz.

Kelajak avlodlar uchun hammamiz,

Keling, tabiatni asraylik, do‘stlar!

 

Mohinur DEHQONOVA,

Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanidagi 27-umumta’lim maktabining 9-«A» sinf o‘quvchisi