banner3
baner 2
banner1

Kitobni seving 21-son 2018-yil

Kitobni  seving

 

Butun borliq, tabiat,

Sevgan kabi oftobni.

Bolajonlar, sizlar ham,

Seving aziz kitobni.

 

Kitob – sodiq do‘st erur,

Xoh kunduz, xoh tundadir.

Bor tilsim-u jumboqlar,

Yechimi ham undadir.

 

Kitob bois qalbingiz,

Oy-yulduzdek porlagay.

U sizni ezguliklar –

Dunyosiga chorlagay.

 

Yaxshi ertak, hikoya,

Go‘zal she’r-u dostonlar.

Ko‘nglingizni yayratar,

Etib bog‘-u bo‘stonlar.

 

Kimki kitob o‘qish-la,

O‘tkazar gar vaqtini.

Hayotda u, albatta,

Topgaydir o‘z baxtini.

 

Kitob do‘st erur mudom,

Butun insoniyatga.

Uni sevib sizlar ham,

Yeting orzu, niyatga!

Zikrilla NE’MAT,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir