banner3
baner 2
banner1

ONA ALLASI 23-son 2018-yil

ONA ALLASI

 

Aytganida ona allalar,

Go‘dak uni maroq-la tinglar.

Yuraklarga ezgulik to‘lar,

Onajonlar alla aytganda.

 

Yangraganda alla navosi,

Sehrlaydi uning ovozi.

Orom berar qalblarga sozi,

Onajonlar alla aytganda.

 

Bolasini yo‘rgaklab ona,

Alla aytar yurak-yurakdan.

Qo‘shiq bo‘lib yangraydi ba’zan,

Onajonlar alla aytganda.

 

Zokirjon TOSHPO‘LATOV,

Andijon viloyati, Shahrixon tumani