banner3
baner 2
banner1

VATANNI BOSHDA KO‘TAR 24-son 2018-yil

VATANNI BOSHDA KO‘TAR

 

Ey bolajon, bolajon,

Tog‘lardagi lolajon.

Yurtimizga boqsang gar,

Dilda toshar hayajon.

 

Har sohada burilish,

Har qadamda qurilish.

Yangilanish, poklanish,

Oldingi safda yurish.

 

Kerak endi porlamoq,

Kerak endi chorlamoq.

Chin insoniy burchingni,

Lozim to‘la oqlamoq.

 

Bir joyda qolib ketish,

Tepsinish, nolib o‘tish.

Kechirib bo‘lmas gunoh,

Ertani yonmay kutish.

 

Ko‘p joylarda g‘avg‘o bor,

Ko‘p joylarda dolg‘a bor.

Bizda kitobxon uchun,

Eng kattakon sovg‘a bor.

 

Daryoday oqib o‘qing,

Qalblarni yoqib o‘qing.

Zehnni charxlab turib,

Mag‘zini chaqib o‘qing.

 

O‘qigan o‘tar endi,

Bilimdon yutar endi.

Zakovat bilan yurtni,

Boshingga ko‘tar endi.

 

 

INNOVATSIYa VA HAYoT

 

Ilm-u fan, targ‘ibotga,

San’at, adabiyotga.

Berilgandir e'tibor,

Ulkan taraqqiyotga.

 

Qog‘ozda qolib ketmas,

Og‘izda yelib bitmas.

Zarracha ozor yetmas,

Ko‘chib amaliyotga.

 

Barcha bo‘lib kitobxon,

Hamma bo‘lib savodxon.

Ochilar sirlar oson,

Yuksalish har soatda.

 

Qayda zang o‘chib borar,

G‘uborlar ko‘chib borar.

Ravon yo‘l ochib borar,

Innovatsiya hayotga!

 

Xurram RAYIMOV,

bolalar shoiri