banner3
baner 2
banner1

OLTIN BALIQCHA 26-son 2018-yil

OLTIN BALIQCHA

 

Billur jomda parishon,

Suzar oltin baliqcha.

Befarq boqar, ishi yo‘q,

Dunyo bilan tariqcha.

Moviy osmon, zilol soy,

Ziynatli kuz, kumush oy.

Unutgan hammasini,

Chirildoq nag‘masini.

Majnuntollar o‘ksinar,

Chirildoqlar xo‘rsinar.

Billur jomda baliqcha,

Tinmay aylanar giryon.

O‘z erkidan ayirgan,

Billur jomdagi zindon.

                                                                                          Alfredo Vallini (Argentina)