banner3
baner 2
banner1

Mehmon bo‘lib kelinglar 27-son 2018-yil

Mehmon bo‘lib kelinglar

 

Sariq, tilla darvoza,

Ichkarida nima bor?

Mo‘ralayman eshikdan,

Kulib chorlar mevalar.

 

Gilos mendan quvonib,

Qo‘sh-qo‘sh sirg‘a tutadi.

Nok-chi, meni kutganday,

Kulib salom aytadi.

 

Sersalom olma bugun,

Negadir turar o‘sal.

Qizarib ikki yuzi –

Bo‘lmaganmikin kasal?!

 

Meva terdim bir talay,

Anjirni yedim to‘yib.

Jannatdir bog‘im asli –

Hosilin ko‘ring kelib.

 

To‘lishib, kuchga to‘lib,

Yashardim men qaytadan.

Mehmon qilaman, keling,

Bobolarim bog‘idan.

 

Afzalbek Madanov,

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 1-umumta’lim maktabi o‘quvchisi

 

 

 

ONAJON

 

Onajonim salomat,

Chiroylari o‘zgacha.

Rahmat sizga, onajon,

Biz bilan bo‘ling omon.

 

 

OLMAXON

 

Ismim qiziq, olmaxon,

Dumim pahmoq – olmaxon.

Yong‘oqni xush ko‘raman,

Nomim qiziq – olmaxon.

 

Abdurahmon ABDUQAYUMOV,

Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi 26-umumta’lim maktabi o‘quvchisi